Ibrohim Inal
| Ibrohim Inal | |
|---|---|
| Tavalludi | 1000-yillar |
| Vafoti |
tax. 1060 Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi (hozirgi Iroq) |
| Fuqaroligi | Saljuqiylar |
| Xizmatdagi yillari | 1040-yillar – 1060 |
| Qoʻmondonlik qilgan | Buyuk Saljuqiylar armiyasi |
| Jang/urush |
|
| Aloqa |
Yusuf Yinal (otasi) Toʻgʻrulbek (akasi) Chagri Bey (ukasi) Erbaskan Bey (ukasi) Oke Hotun (xotini) |
Ibrohim Inal (shuningdek, Ibrohim Yinal[1], 1060-yilda vafot etgan) Saljuqiylar davlati harbiy sarkardasi, hokimi va shahzodasi (melik) boʻlgan. Saljuqbekning oʻgʻli Yusuf Yinalning farzandi, Saljuq Gʻoziyning nabirasi[1]. Bir onadan tugʻilgan sulton Toʻgʻrulbek hamda Chegri Beylarning oʻgay ukasi. Mosul (Iroq) va Ganja (Ozarbayjon) hokimi lavozimlarida xizmat qilgan.
Yusuf Yinalning oʻgʻli Ibrohim Yinal Buyuk Saljuqiylar imperiyasi hamda uning sultoni Toʻgʻrulbek nomidan turli yurishlar hamda istilolarda ishtirok etgan. Gʻaznaviylar davlati, Rim (Vizantiya) hamda Buvayhiylar imperiyalari bilan boʻlgan turli janglarda qatnashgan. Saljuqiylarning Eronni bosib olishiga katta hissa qoʻshgan. Hatto hozirgi Tehron shahrining bir qismi boʻlgan poytaxt shahat Rayni ham qoʻlga kiritgan. 1047-yilda Hamadon va Kangavar shaharlarini Kakuyiy hukmdor Garshasp I qoʻlidan tortib olgan.
Ibrohim Yinal Buyuk Saljuqiylar imperiyasiga xizmat qilgan davrda Mosul va Ganja shaharlariga Saljuqiylar nomidan hokimlik qilgan. Hukmronligi Iroqdan Ozarbayjongacha yoyilib, Saljuqiylar imperiyasining butun gʻarbiy qismi hamda gʻarbiy chegaralarini amalda boshqarar edi. Vizantiya, Armaniston va Gruziya yerlariga boʻladigan har qanday bosqin uchun Yinalning yerlari tayanch vazifasini bajarar edi. Saljuqiylarning mashhur yurishlaridan biri Vaspurakanning zabt etilishi edi.
Ibrohim Yinalning harbiy faoliyatidagi eng muhim yutuqlaridan biri Vizantiya imperiyasining sharqiy viloyatlariga qarshi amalga oshirilgan muvafaqqiyatli harbiy yurishga boshchilik qilgani edi[2]. Bu yurish 1048-yil sentyabrda Kapetron jangiga sabab boʻlgan. Ushbu jang Saljuqiylarning mutlaq gʻalabasi bilan yakunlangan. Arab solnomachisi Ibn al-Asir bergan maʼlumotlarga koʻra, u jangdan yuz ming asir hamda oʻn mingta tuyaga ortilgan yirik oʻlja bilan qaytgan ekan[3].
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1058-yilda turli sabablarga koʻra, jumladan, saltanat rivoji uchun qoʻshgan hissasi munosib baholanmagani, taxt vorisi etib tayinlanmagani sababli sulton Toʻgʻrulbekka qarshi isyon koʻtargan. Eronning Hamadon shahridan katta qoʻshin toʻplab, oʻsha paytdagi Fotimiylar harbiy qoʻmondoni Arslon al-Basasiriy bilan ittifoq tuzgan. 1060-yilda Ibrohim Yinal qoʻzgʻoloni magʻlubiyatga uchradi. Baʼzi manbalarda hal qiluvchi jang Ray shahri atrofida boʻlib oʻtgani hamda Alp arslon, Yoqut va Kavurd qoʻmondonligidagi qoʻshinlari Ibrohim Yinalni magʻlub etib, asir olgani qayd etilgan[4][5][6]. Ibrohim Yinal magʻlub boʻlgach, Toʻgʻrulbek uni shaxsan Bagʻdodda oʻz kamoni ipi bilan boʻgʻib oʻldirgan. Biroq baʼzi manbalar bu voqea hozirgi Tehron hududidagi Saljuqiylar poytaxti Ray shahrida sodir boʻlganini taʼkidlaydi. Oʻrta asrlarda zodagonlarni yoki hukmron sulola qondoshini kamon ipi bilan boʻgʻib oʻldirish amaliyoti keng tarqalgan edi.
Oqibati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibrohim Yinalning merosi uning vafotidan keyin ham dunyoga taʼsir koʻrsatishda davom etdi. Kapetron jangidagi gʻalaba musulmon turklar uchun Onadoʻli darvozalarini ochishda hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlib, Malazgirt jangi uchun muhim rol oʻynagan edi. Buni hatto sulton Abdulhamid II (Yosh turklar inqilobidan oldingi soʻnggi Usmoniy sulton) ham tan olib, quyidagi iqtibosni aytgan edi: „Usmoniylar bugungi erishgan yutuqlariga (Konstantinopolni zabt etish, Vena jangi va hokazo) yetib kelishlari uchun Malazgirt jangidagi gʻalaba kerak edi. Malazgirtga yetib kelish uchun esa Pasinler (Kapetro jangi) boʻlishi zarur edi“.
Ibrohim Yinalning isyoni, ehtimol, sulton Toʻgʻrulbek vafotidan keyin amakivachchasi Qutalmish uchun ham Alp Arslon va valiahd Sulaymon ibn Chagriyga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarishi uchun ilhom manbai boʻlgan boʻlsa kerak.
Kamchiliklari va isyonlariga qaramay, Ibrohim Yinal turkiy, saljuqiy va musulmon tarixida qahramon deya eʼtirof etilgan. U (Alp Arslon ham) oʻz davridagi Buyuk Saljuqiylar imperiyasining eng mohir jangchisi boʻlgan.
Mashhur TRT1 teleseriali Alparslon: Buyuk Sulcuklu filmida Ibrohimni Uygar Özçelik gavdalantirgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Sümer, Faruk (2002). "KUTALMIŞ" (Turkish). TDV Encyclopedia of Islam, Vol. 26 (Ki̇li̇ – Kütahya). Istanbul: Turkiye Diyanet Foundation, Centre for Islamic Studies. 480-481 b. ISBN 978-975-389-406-7. https://cdn.islamansiklopedisi.org.tr/dosya/26/C26008628.pdf.
- ↑ Bosworth 1968, s. 19.
- ↑ Paul A. Blaum (2005). Diplomacy gone to seed: a history of Byzantine foreign relations, A. D. 1047-57. International Journal of Kurdish Studies. (Online version)
- ↑ Turan, Osman. Selçuklular târihi ve Türk-İslâm medeniyeti, 22. basim, Yayın Kültür serisi, İstanbul: Ötüken, 2019. ISBN 978-975-437-470-4.
- ↑ Köprülü, Turkish History Journal & Ankara 1944.
- ↑ Anni Inst. Orientaledi Napoli & Rome 1940.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bosworth, C. E. „The Political and Dynastic History of the Iranian World (A.D. 1000–1217)“, . The Cambridge History of Iran, Volume 5: The Saljuq and Mongol Periods. Cambridge: Cambridge University Press, 1968 — 1–202-bet. ISBN 0-521-06936-X.