Ibrahim Amadou

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibrohim Amadu (fransuzcha: Ibrahim Amadou) 1993-yil 6-aprelda Kamerunning Duala shahrida tugʻilgan. Amadu fransuz futbolchisi boʻlib, „Metz“ klubida yarim himoyachi vazifasini bajaradi.

Ibrahim Amadou Futbol
V sostave „Lillya“ v 2016 godu„Lill“ safida 2016-yil
Umumiy maʼlumotlari
Tugʻilgan 6-aprel 1993-yil(29 yosh)
Duala, Kamerun
Fuqaroligi Flag Fransii Fransiya
Boʻyi 183 sm
Vazni 81 kg
Pozitsiya yarim himoyachi
Hozirgi jamoasi
Klub Flag Fransii Mets
Raqami 32
Yoshlar klubi
2003—2004 Flag Fransii Shmino-de-L’Uest
2004—2008 Flag Fransii Rasing
2008—2013 Flag Fransii Nansi
Klublaardagi faoliyati
2010—2014 Flag Fransii Nansi II 38 (1)
2013—2015 Flag Fransii Nansi 57 (2)
2015 Flag Fransii Lill II 5 (1)
2015—2018 Flag Fransii Lill 87 (2)
2018—2021 Flag Ispanii Sevilya 17 (0)
2019—2020 Flag Anglii Norvich Siti 11 (0)
2020 Flag Ispanii Леганес 10 (0)
2020—2021 Flag Fransii Anje 24 (0)
2022—h.v. Flag Fransii Mets 0 (0)
Milliy terma jamoada
2012 Flag Fransii Fransiya (U 19) 2 (0)

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda Kamerun poytaxti Dualada tugʻilgan Ibrohim Amadu toʻrt yoshida Fransiyaga koʻchib oʻtgan va Kolomb kommunasida yashagan. U yerda futbolchi mahalliy „Chemineau de l’Ouest“ jamoasida oʻynagan. Keyin futbolchi 4 yilni Parijning „Rasing“ yoshlar jamoasi tarkibida oʻtkazgan hamda shundan soʻng 2008-yilda „Nansi“ akademiyasiga oʻqishga kirgan[1].

Ibrohim 2013-yilning 26-may kuni Fransiya chempionatining 2012/13-yilgi soʻnggi turida „Brest“ga qarshi oʻyinda bir daqiqa oʻynab, professional debyut qilgan[2]. 2014-yilning 8-avgustida Amado „Nensi“ uchun birinchi golini Liga 2 doirasida „Orlean“ga qarshi oʻyinda kiritgan[3].

2015-yil 16-iyulda futbolchi „Lill“ klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan. Futbolchining transfer narxi 2 million yevroni tashkil qilgan[4]. Ibrohim yangi jamoasidagi debyutini 2015/16-yilgi Fransiya chempionatining 1-tur oʻyinida „PSJ“ga qarshi 2015-yilning 7-avgust kuni Renatu Sivelli bilan birga markaziy himoyachi sifatida oʻtkazgan edi. Oʻsha uchrashuvda „Lill“ 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan[5]. Amado „Lill“ safidagi ilk golini 2016-yilning 12-martida „Bastiya“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritgan[6]. 2017/18-yilgi mavsum boshida „Lill“ bosh murabbiyi Marselo Bielsa Amaduni jamoa sardori etib tayinlagan[7]. 2017-yil 13-avgustda „Strasburg“ga qarshi 0:3 hisobida magʻlub boʻlayotganda futbolchi Ibrohim Amadu „Lill“ darvozaboni Mayk Meignan chetlatilganidan keyin, jamoaning darvozaboni sifatida oʻynashga majbur boʻlgan[8].

2019-yilning 7-avgustida u Angliyaning „Norvich City“ klubiga 2019/20-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida oʻtgan[9].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kamerunda tugʻilgan, lekin Fransiyada oʻsgan Ibrohim Amadu Fransiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasining ikkita oʻyinida ishtirok etgan[10]. Shu bilan birgalikda, Ibrohim Amadu 2016-yilda Afrika Millatlar Kubogida oʻynash uchun Kamerunning asosiy jamoasiga taklif qilingan, ammo taklifni rad etgan[11].

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Xalqaro Jami
Division Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Nancy II 2010–11 CFA 4 0 4 0
2011–12 CFA 7 0 7 0
2012–13 CFA 16 1 16 1
2013–14 CFA 2 11 0 11 0
Jami 38 1 38 1
Nancy 2012–13 Ligue 1 1 0 2 0 0 0 3 0
2013–14 Ligue 2 20 0 1 0 1 0 22 0
2014–15 Ligue 2 36 2 2 0 1 0 39 2
Jami 57 2 5 0 2 0 64 2
Lill II 2015–16 CFA 2 5 1 5 1
Lill 2015–16 Ligue 1 22 1 2 0 5 0 0 0 29 1
2016–17 Ligue 1 35 1 3 1 1 0 2 0 41 2
2017–18 Ligue 1 30 0 2 0 0 0 0 0 32 0
Jami 87 2 7 1 6 0 2 0 102 3
Sevilla 2018–19 La Liga 17 0 6 0 9 0 32 0
Norwich City (ijara) 2019–20 Premier League 11 0 1 0 1 0 13 0
Leganés (ijara) 2019–20 La Liga 10 0 0 0 10 0
Angers (ijara) 2020–21 Ligue 1 24 0 4 2 28 2
Metz 2021–22 Ligue 1 0 0 0 0 0 0
Umumiy faoliyatida 249 6 23 3 9 0 11 0 292 9

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Qui es-tu, Ibrahim Amadou?“ (fr). www.losc.fr. 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-avgust.
  2. „Stade Brest 29 1:2 AS Nancy-Lorraine“ (en). www.transfermarkt.com. 2020-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-avgust.
  3. „US Orléans 29 0:1 AS Nancy-Lorraine“ (en). www.transfermarkt.com. 2015-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-avgust.
  4. „Ibrahim Amadou (Nancy) signe à Lille“ (fr). www.lequipe.fr. 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-avgust.
  5. „LOSC Lille 0:1 Paris Saint-Germain“ (en). www.transfermarkt.com. 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-avgust.
  6. „SC Bastia 1:2 LOSC Lille“ (en). www.transfermarkt.com. 2016-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-avgust.
  7. „Marcelo Bielsa évoque le capitanat d'Ibrahim Amadou“ (fr). www.losc.fr. 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-avgust.
  8. „Lille field three goalkeepers during incredible Ligue 1 match“ (en). www.goal.com. 2018-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-avgust.
  9. „Ibrahim Amadou signs for Norwich City“ (en). Canaries.co.uk (2019-yil 7-avgust). 2019-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-avgust.
  10. „Ibrahim Amadou“ (fr). www.fff.fr. 2018-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-avgust.
  11. „Семь камерунских футболистов отказались от участия на Кубке Африки“. www.sports.ru. 2019-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-avgust.