Kontent qismiga oʻtish

Ibn al-Vafid

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ibn al-Vafid
ابن الوافد

Kitāb al-Adviya al-Mufrada. 17–18-asrlarga oid majmuaviy qoʻlyozmadan parcha
Tavalludi 1008[1]
Toledo toifasi, Andalusiya, hozirgi Toledo provinsiyasi, Ispaniya
Vafoti 1074 (yoshi 65-66)
Kasbi Farmakolog, tabib, Toledolik Al-Mamunning vaziri
Ijod qilgan tillari Arab tili
Fuqaroligi Al-Andalus va Andalusiya
Tanlangan asarlari Kitāb al-adviya al-mufrada
كتاب الأدوية المفردة

Ali ibn al-Husayn ibn al-Vafid al-Laxmiy (arabcha: علي بن الحسين بن الوافد اللخمي‎; taxm. 1008 – 1074) – lotin Yevropasida Abenguefith nomi bilan tanilgan andalusiyalik arab[1][2] farmakolog va toledolik tabib edi. Toledolik Al-Mamunning vaziri boʻlgan. Asosiy asari Kitāb al-Adviya al-Mufrada (كتاب الأدوية المفردة) boʻlib, u lotinchaga De Medicamentis Simplicibus [de] nomi bilan tarjima qilingan[3].

Ibn al-Vafid asosan Toledoda dorishunos boʻlib ishlagan va u mavjud boʻlgan alkimyo usullari va metodlaridan foydalanib, kamida 520 xil dori turini turli oʻsimliklar va giyohlardan ajratib olgan.

Uning shogirdlaridan biri Ibn al-Lunkuh boʻlgan.

  1. 1,0 1,1 Kaya, Mahmut. İBN VÂFID - An article published in Turkish Encyclopedia of Islam. TDV Encyclopedia of Islam, 1999 — 436-bet. ISBN 9789753894470. Qaraldi: 2022-yil 18-avgust. 
  2. Muñoz, Fernando. Plantas medicinales y aromáticas: estudio, cultivo y procesado (es). Mundi-Prensa Libros, 1996. ISBN 9788471146243. 
  3. Emilia Calvo, „Ibn Wafid“, in: The Encyclopaedia of the History of Science, Technology, and Medicine in Non Western Cultures, ed. Kluwer Academic Publishers, Dordrecht, 1997, p. 438