Ibn Zuhr
| Ibn Zuhr ابن زهر Avenzovar | |
|---|---|
|
Musulmon tabib Ibn Zuhrni ifodalovchi xayoliy chizma. | |
| Tavalludi |
1094 |
| Vafoti |
1162 (68 yoshida) Sevilla, Muvahhidlar davlati, hozirgi Sevilla provinsiyasi, Ispaniya |
| Fuqaroligi | Taifa of Seville, Murobitlar davlati va Muvahhidlar davlati |
| Faoliyat yillari | Oʻrta asr islom sivilizatsiyasi |
| Mashhur ishlari | Kitab at-Taysir fi al-Mudavot va at-Tadbir |
Abu Marvon Abdulmalik ibn Zuhr (arabcha: أبو مروان عبد الملك بن زهر)[1], anʼanaviy tarzda uning lotinlashtirilgan nomi Avenzovar[a] (/ˌɑːvənˈzoʊər/[2]; 1094–1162) – arab tabib, jarroh va shoir. Sevillada, oʻrta asr Andalusiyasida (hozirgi Ispaniya) tugʻilgan, Averroes va Ibn Tufaylning zamondoshi boʻlgan va oʻz davrining koʻzga koʻringan tabibi hisoblangan[3]. U ayniqsa tibbiyotning yanada ratsional, tajribaga asoslangan asosiga urgʻu bergani bilan mashhur edi. Mashhur asari – At-Taysīr fil-Mudāvāt val-Tadbīr („Davolash va parhezga oid soddalashtirish kitobi“) lotin va ibroniy tillariga tarjima qilingan va jarrohlikning rivojiga taʼsir koʻrsatgan. Shuningdek, bir qancha kasalliklar va ularning davolarini ajratib koʻrsatish orqali jarrohlik va tibbiy bilimlarni boyitdi.
Ibn Zuhr echkida birinchi tajribaviy traxeotomiyani bajargan[4]. Tibbiy vosita sifatida bezoar toshlarining eng dastlabki tavsifini bergan deb hisoblanadi[5].
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Shuningdek, Abumeron, Abhomeron, Alomehَn yoki Abhomjeron.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Historical Introduction“. 2020-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Thomas, Joseph. Pronouncing Dictionary of Biography and Mythology, 1870 — 222-bet.
- ↑ Azar 2008, s. 1.
- ↑ Missori, Paolo; Brunetto, Giacoma M.; Domenicucci, Maurizio (7 February 2012). "Origin of the Cannula for Tracheotomy During the Middle Ages and Renaissance". World Journal of Surgery 36 (4): 928–934. doi:10.1007/s00268-012-1435-1. PMID 22311135.
- ↑ Byrne, Joseph P.. Encyclopedia of the Black Death. ABC-CLIO, 31 January 2012 — 33-bet. ISBN 978-1598842531.