Ibn Zaydun
| Ibn Zaydun ابن زيدون | |
|---|---|
| Tavalludi |
1003 |
| Vafoti |
1071 Sevilla, Sevilla taifasi |
| Kasbi | Shoir |
| Ijod qilgan tillari | Arab tili |
| Fuqaroligi | Al-Andalus |
| Faoliyat yillari | Islom oltin davri |
Abu al-Valid Ahmad ibn Zaydun al-Mahzumiy (arabcha: أبو الوليد أحمد بن زيدوني المخزومي; 1003–1071; oddiygina Ibn Zaydun (arabcha: ابن زيدون) yoki Abenzaidun nomlari bilan ham tanilgan) — Kordova va Sevilla arab shoiri. Al-Andalusning eng buyuk neoklassik shoiri hisoblangan.
U arab tilidagi ehtirosli lirikani shaxsiy va hissiy tajriba ohanglarini singdirish orqali qayta jonlantirdi. Bu uni musulmon Ispaniyasining eng yaxshi ishqiy shoirlaridan biri sifatida tanilishiga va undan keyingi butun gʻarbiy arab sheʼriyati uchun namuna boʻlishiga olib keldi. Malika va shoira Vallada bintu al-Mustakfiy bilan muhabbati va surguni koʻplab sheʼrlariga ilhom manbai boʻlgan.
Hayoti va ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ibn Zaydun 1003-yilda Kordovada Banu Maxzum naslidan boʻlgan zodagon andalusiy arab oilasida tugʻilgan[1]. Kordova xalifaligi tanazzuli davrida ulgʻaygan va oʻz davrining siyosiy hayotida ishtirok etgan. Jahvariylarning vakili Kordovalik Abu al-Hazm saroyiga qoʻshildi, biroq keyin Ibn Zaydun unga va uning homiylariga qarshi fitna uyushtirganlikda ayblangach, u tomonidan zindonga tashlandi[2].
Umaviylar malikasi Vallada Ibn Zaydun bilan munosabatni tugatdi. Baʼzilar bu kayfiyat oʻzgarishini Ibn Zaydunning dastlabki antiumaviy faoliyati bilan izohlashsa, boshqalar uning boy vazir, ilgari doʻsti boʻlgan Ibn Abdus bilan raqobatini esga oladilar; u goʻyoki Valladaning mehrini qozongan va uni qoʻllab-quvvatlagan. Ibn Abdusning oʻzi kordovalik Abu al-Hazm ibn Jahvarni Ibn Zaydunga qarshi gijgijlagan boʻlishi mumkinligi taxmin qilinadi[3].
U Sevillalik Abbod II va uning oʻgʻli al-Muʼtamid huzuriga panoh izlab bordi[4]. Sevilla hukmdori Kordovani zabt etgach, u maʼlum bir muddatga vatanga qaytishga muvaffaq boʻldi. Uning hayotining katta qismi surgunda oʻtgan va yoʻqotilgan yoshlik hamda shahriga boʻlgan sogʻinch mavzulari koʻplab sheʼrlarida aks etgan. Kordova haqidagi bir sheʼrida u shahrini va yoshlik davrini eslaydi:[5]
Xudo seviklilarimiz tark etgan xaroba maskanlarga yomgʻir yogʻdirdi. Xudo ularni turfa ranglardan chiziqli libosdek gulilar naqshi bilan bezadi va ular oraligʻida yulduzga oʻxshash bir gulni koʻtardi. Qancha-qancha haykallarga oʻxshagan qizlar hayot navqiron, davr bizga boʻysunib turgan chogʻlarda shunday gullar orasida liboslarining etaklarini sudraganlar… Qanchalar baxtli edi oʻtib ketgan oʻsha lazzatli kunlar, yelkalari oppoq, sochlari beligacha toʻkilganlar bilan birga yashagan kunlarimiz
Ishqiy va adabiy hayoti Umaviy xalifasi kordovalik Muhammad III ning qizi, shoira Vallada bintu al-Mustakfiy bilan munosabatlari bilan belgilanadi[6]. Jayyusi oʻzining „Musulmon Ispaniyasining merosi“ kitobida shunday deydi: „Ibn Zaydun andalusiy sheʼriyatiga Sharqdagi zamonaviy sheʼriyatni belgilab turgan muvozanat, ritorik mahorat, joʻshqin qudrat va ulugʻvor uslubni olib kirdi… u andalusiy sheʼriyatini tashqi tasvirlarga mahliyolikdan qutqardi“[7].
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Menocal, Maria Rosa; Scheindlin, Raymond P.; Sells, Michael. The Literature of Al-Andalus. Cambridge University Press, 2000 — 306-bet.
- ↑ L. Alavarez. (1998) Ibn Zayduni. In Encyclopedia of Arabic Literature (Vol. 1, pp. 384–385). Taylor & Francis. ISBN 0-415-18571-8.
- ↑ Jayyusi, 1992, p. 347.
- ↑ L. Alavarez, 1998
- ↑ Tr. by Albert Hourani. (1992). History of the Arab Peoples. pp. 193–194. ISBN 0-446-39392-4.
- ↑ Emeri van Donzel. (1994) Islamic Desk Reference. p. 163. BRILL. ISBN 90-04-09738-4.
- ↑ S. Jayyusi et al. (1992). The Legacy of Muslim Spain. pp. 343–347. BRILL. ISBN 978-90-04-09599-1
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ahmad ibn Abdulloh Ibn Zaydun, Mahmud Subh. (1979). Poesias, Instituto Hispano-Árabe de Cultura, nashr. Virjiniya universiteti.
- Koncha Lagos. (1984). Con el arco a punto Instituto Hispano-Arabe de Cultura. Kaliforniya universiteti. ISBN 84-7472-057-5.
- Ziglinde Lug. (1982). Ibn Zaydunning ishqiy sheʼriyatidagi badiiy uslublar va kontseptual unsurlar, University Press of America (muallif dissertatsiyasi asosida).
- Devin J. Styuart, „Ibn Zaydun“, Arab adabiyoti tarixi: Al-Andalus adabiyoti asarida, nashrga tayyorlovchilar: Mariya Rosa Menokal, Reymond P. Shayndlin va Maykl Sells (Kembrij: Cambridge University Press, 2000), 306–317-betlar.
- S. Jayyusi. (1992). Musulmon Ispaniyasining merosi. 343–351-betlar.