Ibn Xaldun Abduraxmon Abu Zayd Ibn Muhammad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
TCCKhaldun.jpg

Ibn Xaldun Abduraxman Abu Zayd Ibn Muhammad (1332, Tunis — 1406, Qahira) — arab tarixchisi va faylasufi. Ibn Rushdtlt izdoshi. 1349—75 yil larda Tunis, Fes, Gʻarnota, Bujjoya (Jazoirda) hukmdorlari saroyida yuqori lavozimlarda ishlagan. 1382 yil Misrga kelib, mudarrislik qilgan, umrining oxirida molikiylar mazha-bi qozisi boʻlgan. I. X. Damashq shahri ning Amir Temurga topshirilishi shartlari haqida muzokara olib borgan delegatsiya tarkibiga kirgan edi. Shu tariqa I. X. Amir Temur bilan shaxsan suhbatlashishga musharraf boʻlgan. I. X. ning dalolat berishicha, Amir Temur undan Magʻrib mamlakatlari, uning manzillari va shaharlarini batafsil bayon qilib berishni soʻragan. I. X. Amir Temur tashqi siyosiy faoliyatiga salbiy nazar bilan qarashidan qatʼi nazar, sohibqiron shaxsiga munosib baho bergan. U Amir Temurning harbiy tarix sohasidagi teran bilimidan hayratga tushgan, uni "munozara-bahslarni yaxshi koʻradigan oʻtkir zakovatli va teran zehnli inson", deb taʼriflagan. Asosiy asari: "Kitob ul-ibar" ("Ib-ratli misollar kitobi", 1370). Asarda I. X. jamiyat taraqqiyoti xususida oʻz fikrlarini hamda Sharq musulmon xa-lqlari (xususan, Magʻrib) tarixini bayon qilgan. I. X. kishilar hayot tarzidagi tafovutlarni, asosan, geografik va boshqa moddiy omillarga bogʻliq deb hisoblagan. Asarda I. X. oʻz tarixiy-ijtimoiy nazariyasini bayon qilib, axloq va ijtimoiy muassasalar kishilar turmushi bilan bogʻliqligini hamda mehnat va kishilarning oʻzaro munosabati jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlagan. I. X. tarixiy-ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritgan. Shuxrat Davlatov.


Ibn Xaldun Ibn Xaldun (1332-1406 yillar) faqat iqtisodiy masalalar bilan qiziqmadi. Uning iqtisodiy masalalarni o’rganishga doir qarashlari kattaroq kontekstda bo’lgan. Biz bugun rivojlanish sikli deb atayotgan qishloq xojalik ustuvorlik qilgan jamiyatdan hunarmandchilik sohasi ustuvorlik qilgan, qoshimcha iqtisodiy osish va yuqoriroq mehnat samaradorligi mavjud bolgan jamiyatga otayotgan jamiyatda paydo bolgan iqtisodiy qarashlarni uning keng miqyosli tadqiqotlari asosida organishimiz mumkin. Bugungi kun nuqtai nazardan qaraganda, Ibn Xaldun tomonidan kop iqtisodiy masalalar: foyda, taklif, talab, narx, jami ortiqcha miqdorlar va sarmoyaning shakllanishi kabi holatlar chuqur organilganligi va tahlil qilinganli-gini korish mumkin. Ayrim manbalarda Ibn Xaldun islom dunyosida iqtisodiy ilk iqtisodiy qarashlar bilan shugullangani qayd etiladi, ayrim bahs va munozaralarga kora bunday taniqlilik al-Gazzoliyga tegishli. Ulardan avval ming yillik davomida mashhur bolib kelgan Aristotel va Platon kabi, arab faylasuflari iqtisodiyotga nisbatan koproq fundamental muhimlikka ega bolgan masalalarni organish jarayonida iqtisodiy faoliyatni dastlabki tadqiqotlarida ayrim qiziqarli yutuqlarga erishdilar. Shularga erisha turib, iqtisodiy faoliyat muhimroq ijtimoiy faoliyat bolganida, ular merkantilist mualliflar tura oladigan iqtisodiy tushunish narvonining zinapoyalarini qoshishdi. Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi qo'lyozmada (Qadimgi Misr, eramizdan avvalgi XXII asr) noib va aholi o'rtasidagi munosabatlar to'g'risida fikr yuritiladi. Bu davrda sinfiy ajralish to'la shakllanmagan bo'lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali yoki oddiy aholidan bo'lishidan qat'i nazar) kerak deyilgan. Qadimgi Misr Afrikaning shimoliy-sharqida, Nil daryosining quyi oqimida joylashgan qadimiy davlat. Miloddan avvalgi 106 ming yillikda Nil atrofidagi savannalarda tarqoq yashagan qabilalar terimchilik, ovchilik, keyinroq esa baliq ovlash bilan shugullanishgan. Ular orasida qadimiy som xalqlariga mansub qabilalar, barbarlar va kushitlar bolib, ularning aralashuvidan miloddan avvalgi 4ming yillikda Misr xalqi vujudga kelgan. Aholi nufusining ortishi chorvachilik va dehqonchilikka otishni tezlashtirgan, bu esa hududiy jamoalarning paydo bolishiga olib kelgan. Dehqonchilik qilish uchun kanallar, togonlar qurish zaruriyati tugilgan, buning uchun esa ozaro urushlarda asir tushgan qullar mehnatidan foydalanilgan. Natijada jamoada ijtimoiy tabaqalanish roy berib, urug zodagonlari ajralib chiqqan, qabila sardorlari podshohchalarga aylangan. Bir qancha mayda quldorlik davlatlar vujudga kelgan. Keyinchalik ular ortasidagi kurash natijasida, shimolda Quyi Misr, janubda Yuqori Misr podsholiklari tuzilgan. Miloddan avvalgi taxminan 3ming yillikda ikkala podsholik birlashib, yagona davlat barpo bolgan. Misrning keyingi tarixi 4 asosiy davrga bolinadi: Ilk podsholik (miloddan avvalgi taxminan 3000 2800), Qadimgi podsholik (miloddan avvalgi taxminan 28002250), Orta podsholik (miloddan avvalgi taxminan 20501700), Yangi podsholik (miloddan avvalgi 15801070), Songgi (Liviya-Sais va Eron) davr (miloddan avvalgi taxminan 1070332).

Jasur Abdurahmonov.