Ibn Sino Nomidagi Nashriyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ibn Sino Nomidagi Nashriyot — Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligiga qarashli tibbiy nashriyoti. Oʻzbekiston davlat tibbiyot nashriyoti sifatida 1959 y. tashkil etilgan. 1964 y.dan "Meditsina" deb nomlangan. 1990 y.dan hozirgi nomda. Oliy va oʻrta tibbiyot oʻquv yurtlari uchun darslik va oʻquv qoʻllanmalari, tibbiyotga oid ilmiy asarlar, shifokorlar uchun amaliy qoʻllanmalar, sanitariya maorifi boʻyicha ommabop tibbiy adabiyot, lu-gʻat, maʼlumotnomalar, plakatlar va b. tur kitoblar nashr etadi. 2002 y.da umumiy hajmi 1 mln. 375 ming nusxada 75 nomda kitob va risola nashr etgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil