Ibn Qutayba Abu Muhammad Abdulloh Ibn Muslim Al-Marvaziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ibn Qutayba Abu Muhammad Abdulloh Ibn Muslim Al-Marvaziy (828Bagʻdod — taxminan 889) — arab filologi, tarixchi va yozuvchisi. Asli marv (hoz. Turkmanistonning Mari sh.) lik, Bagdodda yashagan. Arab filologiyasining Bagʻdod maktabi asoschisi. Qad. adabiy yodgorliklarni toʻplash, tizimga solish va tanqidiy oʻrganish bilan shu-gʻullangan. "Taqvim ullison" ("Tilni toʻgʻrilash"), "Kitob fi xalq il-inson" ("Insonning yaratilishi haqida kitob"), "Diyvon ul-kuttob" ("Kotiblar devoni"), "Tabaqot ush-shuaro" ("Shoirlarning tabaqalari") va b. asarlar muallifi. "Uyun ul-axbor" (10 jildli, "Axborot manbalari") adabiy-tarixiy tazkirasida davlat hokimiyati, qoʻshin xususida, bundan tashqari, yomon xulq-odatlar tanqid qilinadi, maʼrifat, birodarlik, insoniy tuygʻular ulugʻlanadi. I. Q. ning "Adab ulkotib" ("Kotibning sanʼati"), "Ash-sheʼr va-sh-shuaro" ("Sheʼriyat va shoirlar") asarida xat va sheʼr sanʼati haqida fikr yuritilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil