Ibn Miskavayh Abu Ali Ibn Muhammad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ibn Miskavayh Abu Ali Ibn Muhammad (? — 1030) — arabnavis tarixchi, faylasuf, adib va tabib. Umumjahon tarixiga oid "Kitob tajorib al-umam" ("Xalqlar tajribalari kito-bi") nomli asar yozgan. Unda jahon xalqlari, jumladan arablarning 10-asr 80-y. lariga kadar tarixi bayon qilingan boʻlib, asarning soʻnggi qismida Arab xalifaligining 10-asr dagi ijti-moiy-iqtisodiy hayoti haqida qimmatli maʼlumotlar bor. Ilmi axlok, va hikmatga doir "Kitob at-tahora" ("Tahorat kitobi"), "Tahziyb al-axloq" ("Axloqni tuzatish") nomli asarlar ham I. M. kalamiga mansub. U arab, fors, hind va yunon donishmandlari aytgan hikmatlar toʻplamini ham tuzgan. I. M. asarlari taʼsirida islom dunyosida oʻnlab axloqiy-didaktik asarlar (jumladan, Nasriddin Tusiyning "Axloqi Nasriy") yozilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil