Kontent qismiga oʻtish

Ibn Lahiʼa

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abu Abdulloh Ibn Lahi’a ibn Uqba ibn Fur’on ibn Robiya ibn Savbon al-Haramiy al-Aʼduliy (arabcha: أبوعبدالرحمن عبدالله بن لهيعة بن عقبة بن فرعان بن ربيعة بن ثوبان الحضرمي الأعدولي‎) (hijriy 96—174) (milodiy 714/5-790) (Ibn Lahi’a (إبن لهيعة) nomi bilan mashhur) – misrlik arab tarixchisi, hadis va fiqh olimi[1][2]. Xalifa tomonidan bevosita tayinlangan Misrning birinchi qozisi sifatida mashhur boʻlgan.

Ibn Lahia hayotining ilk yillari haqida hech narsa maʼlum emas. Faqagina 714/5-yilda Misrda yaman oilasida tugʻilgan maʼlum[3]. Ibn Lahia tarixchi va hadis toʻplovchi sifatida oʻsha paytda Abbosiylar xalifaligi tarkibiga kirgan Misrda (750–1258) shuhrat qozongan. Zamondoshlari orasida hurmatli olim sifatida katta obroʻga ega boʻlganligi bois, Abbosiylar xalifasi al-Mansur (h. 754–775) shaxsan uni Misr qozisi lavozimiga tayinlagan va u bu vazifani 772-yilda to 780-yilgacha bajargan[3]. Xalifa unga oylik maosh sifatida ham oyiga 30 dinor miqdorida toʻlov bergan. 790-yilda vafot etgan[4]. Al-Zahabiyning (vafoti 1348-yil) „Siyar Aʼlam al-Nubala“ nomli ulkan ensiklopedik asarida yozilishicha, Ibn Lahiyaning kutubxonasi va undagi kitoblar 786-yilda yuz bergan yongʻinda kuyib ketgan[5].