Ishoq Ibn Kundoj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ibn Kun Dojiqdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Ishoq Ibn Kundoj, Ibn Kun dojiq (?—893) — abbosiylar qoʻshinidagi turkiy amirlardan. Jasorati va koʻrsatgan qahramonliklari tufayli "Ishoq Kundashikan" ("Ishoq toʻnkayorar") nomi bilan shuhrat qozongan. Xalifalar Muʼtamid Alalloh (870— 892 y.larda hukmronlik qilgan) va Muʼtazid Billoh (892—902 y.larda hukmronlik qilgan) davrida Mosul va Jazira (Mesopotamiya) voliysi boʻlgan, amir Zanj va tuluniylar sulolasi asoschisi Ibn Tulun bilan birgalikda koʻplab jangu jadallarda qatnashgan.

I.i.K. vafot etgach, rivoyatlarga koʻra, Amudaryo boʻyida boʻlgan Gunbod qalʼasi yoniga dafn etilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil