Ibn Hurdodbeh Abulqosim Ubaydulloh Ibn Abdulloh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ibn Hurdodbeh Abulqosim Ubaydulloh Ibn Abdulloh (820913) — geograf va tarixchi. Eronda tugʻilgan, Bagʻdodda maʼlumot olgan. Jibal viloyati (Eronning shim.-gʻarbida) aloqa mahkamasi boshligʻi vazifasida ishlagan. Musiqa, tarix, meteorologiya, pazandachilikdan ham xabardor boʻlgan. I. X. ning arabcha bizgacha yetib kelgan ilk geografik bayoniy uslubdagi "Kitob almasolik va-l-mamolik" ("Yoʻllar va mamlakatlar haqida kitob") asarida, jumladan, Kaspiy dengizi boʻyidan to Gʻarbiy va Sha-rqiy Turkistongacha boʻlgan hududdagi mamlakatlar va ularning aholisi, shaharlar orasidagi masofa, yoʻllar, aholidan olinadigan soliqlar haqida muhim maʼlumotlar bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil