Ibn Al-Xatib Abu Abdulloh Liso-Nuddin Muhammad Ibn Abdulloh Ibn Saʼid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ibn Al-Xatib Abu Abdulloh Liso-Nuddin Muhammad Ibn Abdulloh Ibn Saʼid (1313, Loxa - 1374, Fes) -arab tarixchisi, Gʻarnota (Grenada) sultoni vaziri (1348—54). Asli shomlik. Yirik ulamolardan taʼlim olgan. Vazirlik davrida "Zulvizoratayn" (yaʼni, ham ilm bobida, ham davlatni idora qilishda vazir) degan faxriy unvonga sazovor boʻlgan. Keyinchalik dahriylikda ayblanib qatl etilgan. Tarix, geografiya, tasavvuf, sheʼriyat va tabobatga doir 60 ga yaqin asar yozgan. Kupchiligi tarixga oid boʻlib, ulardan eng muhimlari — "Alihota fiy taʼrix Gʻarnota" ("Gʻarnota tarixi xususida xabarnoma") va "Taʼrix Isbaniya al-islomiyya" ("Islomiy Ispaniya tarixi") dir. Birinchisi Qohira (1901) da, ikkinchisi Bayrut (1956) da nashr qilingan. I.al-X. asarlari islom madaniyati tarixi, xususan, Ispaniya musulmonlari tarixiga oid muhim manbadir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil