Kontent qismiga oʻtish

Ibn Aʼtam al-Kufiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Abu Muhammad Ahmad ibn Aʼtam al-Kufiy al-Kindiy (arabcha: أبو محمد أحمد بن أعثم الكوفي‎) – IX asrda yashagan arab millatiga mansub musulmon tarixchisi, shoir va voiz. VIII asr oxiri – IX asr boshlarida faol shaxs boʻlgan. Shialik mazhabining axboriy oqimiga mansub boʻlib, uning otasi 765-yilda vafot etgan oltinchi imom Jaʼfar as-Sodiqning shogirdi edi[1].

Ibn Aʼsam al-Kufiyning vafot etgan sanasi, odatda, hijriy 314-yil (milodiy 926/967) deb koʻrsatilgan boʻlsa-da, bu maʼlumot xato hisoblanadi[2].

Uning yirik „Kitob al-futuh“ (Fathlar kitobi) asari xalifa al-Maʼmun hukmronligi davrida (h. 813–833) yaratilgan. Ibn Aʼtamning ushbu asari hozirda ikki jildlik qoʻlyozma shaklida Ahmad III 2956 raqami ostida Istanbulda saqlanadi[1].

  1. 1,0 1,1 Shaban 1971.
  2. Conrad 1998.