Ian Nepomniachtchi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Ian Alexandrovich Nepomniachtchi

Ian Napomniachtchi
Tavalludi 1990-yil 23-iyul
Bryansk, Rossiya
Fuqaroligi Rossiya
Kasbi Shaxmatchi
Unvoni Grossmeyster

Ian Alexandrovich Nepomniachtchi (1990-yil 1- iyulda tugʻilgan) – rossiyalik shaxmat grossmeysteri. Nepomniachtchi shaxmat boʻyicha 2010-yilgi va 2020-yilgi Rossiya Superfinallarida va 2010-yilda Yevropaning individual chempionatlarida gʻolib chiqqan. Shuningdek, 2016-yilgi Tal Memorial va 2008- va 2015-yillardagi Aeroflot Open musobaqalarida ham gʻolib chiqdi. Ian Rossiya terma jamoasi tarkibida Antaliya[1] (2013) va Ostona (2019) shaharlarida shaxmat boʻyicha jahon jamoaviy chempionatida gʻolib chiqdi. Nepomniachtchi Rossiya jamoasi bilan 2015-yilda Reykjavíkdagi shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida ishtirok etdi. 2016-yil oktyabr oyida Nepomniachtchi tezkor va blits shaxmat boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Ian rapid shaxmat boʻyicha jahon chempionatida ikkita kumush medal va blits boʻyicha jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2008-yilgi Ordix Open gʻolibi hisoblanadi.

2019-yil dekabr oyida u FIDE Grand Prix 2019 oʻyinlarida ikkinchi oʻrinni egallab, 2020–2021-yilgi Candidates turniriga yoʻllanma oldi. Ian 2021-yilgi FIDE Candidates turnirida gʻolib boʻldi. Bu gʻalaba uni shaxmat boʻyicha 2021-yilgi jahon chempionatida jahon chempioni unvoni uchun daʼvogarlar qatoriga qoʻshdi. Ammo, amaldagi chempion Magnus Carlsenga qarshi bahsda magʻlubiyatga uchraydi. 2022-yil iyul oyida Nepomniachtchi 2022-yilgi FIDE nomzodlari turnirida gʻolib chiqdi. Shu tariqa ketma-ket ikkita Candidates turnirida gʻolib chiqib,

yana shaxmat boʻyicha 2023 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. qoʻshimcha ravishda 2013-yilda eʼlon qilingan yangi formatga koʻra Candidates turnirida eng yuqori ball toʻpladi[2].2023-yilda oʻtkazilgan chempionatning 4-raundida Ding Lirenga yutqazib, shaxmat boʻyicha jahon chempionligi uchun kurashni toʻxtatdi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nepomniachtchi toʻrt yoshida shaxmat oʻynashni oʻrgangan. Uning bobosi Boris Iosifovich Nepomniashchy (1929–1998) Bryanskda taniqli shaxmat murabbiyi boʻlgan. Nepomniachtchining birinchi murabbiylari uning amakisi Igor Nepomniashchy, Valentin Yevdokimenko, xalqaro shaxmat ustasi Valery Zilberstein va grossmeyster Sergei Yanovskiylar edi. Besh yoshida Nepomniachtchi oʻzining birinchi murabbiyi Valentin Yevdokimenko bilan Bryanskka koʻchib oʻtdi. Nepomniachtchi 13 yoshiga qadar shaxmat saboqlarini oldi. U murabbiyi qoʻl ostida jahon va Yevropa chempionatlarida qatnashdi[3]. Nepomniachtchi uch marta shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib boʻldi. 2000-yilda u 10 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar orasida gʻolib chiqdi. 2001–2002-yillarda esa 12 yoshgacha chempionatda birinchi oʻrinni egalladi[4]. 2002-yilda Nepomniachtchi 12 yoshgacha shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida play-offda magʻlub boʻlib, tay-brekda Magnus Karlsenni ortda qoldirdi[5].

2007–2009-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda Ian Wijk an Zee shahrida boʻlib oʻtgan Course Chess turnirining C guruhida ikkinchi oʻrinni egalladi va oʻzining birinchi grossmeyster (GM) normasini bajardi. Oʻsha yilning oxirida Nepomniachtchi Dresden shahrida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Yevropa chempionatida ikkinchi GM normasini qoʻlga kiritdi. GM unvoni uchun zarur boʻlgan uchinchi va yakuniy norma Kirishi shahrida boʻlib oʻtgan 5-Vanya Somov Memorial – World’s Youth Stars turnirida qoʻlga kiritildi[6]. Turnirning oxirgi bahsida Nepomniachtchi gʻalaba qozonib, Rauf Mamedov, Parimarjan Negi va Zaven Andriasianni tay-brekda ortda qoldirdi[7].

2008-yil fevral oyida Moskvada boʻlib oʻtgan Aeroflot Open musobaqasida gʻalaba qozonib, Dortmund Sparkassen shaxmat bahslarida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ushbu turnirda u magʻlubiyatsiz yurishdan keyin ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Mainzda oʻtkazilgan tezkor shaxmat boʻyicha Ordix Open turnirida ham gʻolib boʻldi[8][9].

2009-yil Maccabiah Games oʻyinlarida shaxmat boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritdi[10].

Shaxmat boʻyicha 2019-yilgi Jahon kubogida Nepomniachtchi ilk bor toʻrtinchi bosqichgacha yetib keldi. Uni toʻrtinchi raundda tajribali Yu Yangyi magʻlub etdi[11].

2016–2020-yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nepomniachtchi looking over a chess board.
Nepomniachtchi shaxmat boʻyicha 2018-yilgi Rossiya chempionati super finalida

Nepomniachtchi 2016-yilning iyul oyida[12][13] Hainan Danzhoudagi turnirda va oktyabr oyida Tal Memorialida boʻlib oʻtgan chempionatlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi[14].

2020-yil dekabr oyida Ian 11 oʻyindan 7½ ochko toʻplab, GM Sergey Karjakinni yarim ochkoga ortda qoldirdi. Shu tariqa Rossiya chempionligini qoʻlga kiritdi[15].

2021-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil aprel oyida Nepomniachtchi 2020-2021 Candidates turnirida 8½/14 ochko (+5-2=7) toʻpladi. Birinchi oʻrindagi Maxim Vachier-Lagrave undan yarim ochko yuqori toʻplab gʻoliblikni qoʻlga kiritgan[16]. 2021-yilning noyabr-dekabr oylarida shaxmat boʻyicha jahon chempionati uchun oʻyinda Magnus Carlsenga raqiblik qilgan Nepomniachtchi magʻlubiyatga uchraydi. Carlsen 7½–3½ hisobida gʻalaba qozonib, unvonini saqlab qoldi.

Shaxmat boʻyicha jahon chempionati 2021
Reyting Reytingdagi oʻrin Musobaqa oʻyinlari Ballar
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
 Magnus Carlsen (Norvegiya) 2856 1 ½ ½ ½ ½ ½ 1 ½ 1 1 ½ 1 Natija aniqlangani uchun muhim boʻlmagan oʻyinlar
Ian Nepomniachtchi (Rossiya) 2782 5 ½ ½ ½ ½ ½ 0 ½ 0 0 ½ 0

2023-yil[tahrir | manbasini tahrirlash]

2023-yilda Nepomniachtchi oʻzining eng yuqori reytingi 2795 ga yetdi. Shu yilning mart oyida erishilgan eng yuqori reytingi 16-oʻrinni egalladi .

Shaxmat boʻyicha jahon chempionati 2023
Reyting Klassik oʻyinlar Ochko Tez oʻyinlar Jami
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18
Ian Nepomniachtchi (Rossiya) 2795 ½ 1 ½ 0 1 0 1 ½ ½ ½ ½ 0 ½ ½ 7 ½ ½ ½ 0
 Ding Liren (Xitoy) 2788 ½ 0 ½ 1 0 1 0 ½ ½ ½ ½ 1 ½ ½ 7 ½ ½ ½ 1

FIDEning 2023-yilgi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida Nepomniachtchi oʻyinning klassik qismida Ding Liren bilan 7:7 hisobida durang oʻynadi. Taybreyk oʻyinlarining pley-offida Dingga 9½–8½ hisobida yutqazdi[17].

2023-yilning may oyida Nepomniachtchi Superbet Chess Classic 2023 musobaqasida ishtirok etdi. Fabiano Karuana, Alireza Firouzja va Maxime Vachier-Lagravega yutqazib, 9-oʻrinni egalladi[18].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „World Team 09 Russia takes gold; China silver“. ChessBase (2013-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2013-yil 7-dekabr.
  2. Doggers (PeterDoggers). „Ding Beats Nakamura To Finish 2nd Behind Nepomniachtchi; Radjabov Claims 3rd Place“ (en-US). Chess.com. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  3. „Ян Непомнящий: "Стал играть злее, и результаты пошли"“. sport-express.ru (2010-yil 25-dekabr).
  4. „The Week in Chess 420“. The Week in Chess. Mark Crowther. Qaraldi: 2015-yil 7-yanvar.
  5. da Nóbrega. „Heraklio 2002 – 17° World Championship u12 (boys)“. BrasilBase. Qaraldi: 2016-yil 16-oktyabr.
  6. GM title application FIDE
  7. Crowther. „TWIC 655: Somov Memorial Kirishi“. The Week in Chess (2007-yil 28-may). Qaraldi: 2015-yil 21-noyabr.
  8. Doggers. „Nepomniachtchi wins Ordix Open“. ChessVibes (2008-yil 4-avgust). 2016-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
  9. „Mainz 2008: Ian Nepomniachtchi wins Ordix Open“. ChessBase (2008-yil 5-avgust). Qaraldi: 2016-yil 19-mart.
  10. „JUDAISM AND CHESS“.
  11. „FIDE World Cup: Dominguez and Xiong win on demand“ (en). ChessBase (2019-yil 22-sentyabr). 2019-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
  12. „7th Hainan Danzhou GM 2016“. The Week in Chess. Qaraldi: 2016-yil 16-oktyabr.
  13. Shankland. „Nepomniachtchi Wins Super Tournament in China“. World Chess (2016-yil 19-iyul). 2017-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-oktyabr.
  14. Silver, Albert. „Ian Nepomniachtchi wins Tal Memorial“. ChessBase (2016-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 16-oktyabr.
  15. „73rd Russian Chess Championships 2020 | The Week in Chess“. theweekinchess.com.
  16. „Ian Nepomniachtchi wins FIDE Candidates Tournament“ (en). www.fide.com. Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
  17. Parodi. „Chess-China's Ding Liren defies odds to become world champion“. Reuters (2023-yil 1-may).
  18. „Results & Standings - Grand Chess Tour: Superbet Chess Classic Romania 2023“. Chess.com.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]