Kontent qismiga oʻtish

Hypomecis roboraria

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hypomecis roboraria
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Boʻgʻimoyoqlilar
Sinf: Hasharotlar
Oila: Odimchilar

Hypomecis roboraria – Geometridae oilasiga mansub kuya turidir. Ushbu tur Palearktika mintaqasida uchraydi. Asosiy quyi turi Yevropada tarqalgan. Isabellaria nomli quyi turi esa Markaziy Osiyoning gʻarbiy hududlaridan boshlab Sibir, Moʻgʻuliston va shimoliy Xitoygacha boʻlgan keng hududda uchraydi.

kuya qurti

Qanotlar kengligi 40–50 mm ni tashkil qiladi. Erkak kuyaning moʻylovi tukli shaklida boʻladi. Oldingi qanotlarda uchta tor, toʻlqinli, toʻq rangli chiziq boʻlib, ular qanotning oldingi qismida aniqroq, orqaga qarab esa biroz xira koʻrinadi. Orqa qanotlarda shunday ikki chiziq bor, ulardan biri odatda yaqqol koʻrinadi.

Kuyalar maydan avgustgacha uchadi. Lichinkalari eman daraxti barglari bilan oziqlanadi.

Oʻxshash turlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu tur Hypomecis punctinalis va boshqa Hypomecis turlariga oʻxshash.

  • Kulfan, Miroslav; Holecová, Milada; Fajčík, Jaroslav (2006). "Caterpillar (Lepidoptera) communities on European Turkey oak (Quercus cerris) in Malé Karpaty Mts (SW Slovakia)". Biologia 61 (5): 573–578. doi:10.2478/s11756-006-0092-y. ISSN 0006-3088. 
  • Kang, C.-K.; Moon, J.-Y.; Lee, S.-I.; Jablonski, P. G. (2012). "Camouflage through an active choice of a resting spot and body orientation in moths". Journal of Evolutionary Biology 25: 1695–1702. doi:10.1111/j.1420-9101.2012.02557.x. ISSN 1010-061X. PMID 22775528. 
  • Simonsen, Thomas J.; Kristensen, Niels P. (2003). "Scale length/wing length correlation in Lepidoptera (Insecta)". Journal of Natural History 37 (6): 673–679. doi:10.1080/00222930110096735. ISSN 0022-2933.