Husaynxon niyoziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Husaynxon niyoziy (taxallusi; asl familiyasi Niyozov) (1895, Andi-jon — 1947.29.4, Magadan) — oʻqituv-chi, ratsionalizator, shoir. Eski maktab va madrasada tahsil olgan (1905— 17). Fizikaga qiziqib, sirka, mis va rux plastinkalaridan galvanik bata-reyalar yasab, elektr qoʻngʻiroqlari va chiroqlarini ishga solgan. Galvanik elementlar tuzish va mushaklar yasab, olov bilan oʻynash havasi uning amaliy kimyo bilan ham shugʻullanishiga sababchi boʻlgan. 1916 yildan Andijondagi maktablar va qisqa muddatli taʼlim-tarbiya kurslarida fizika va tabiiyot fanlaridan dars bergan (1917—23). 1923 yil oxirida Toshkentga koʻchib kelib, Markaziy tabiiyot lab.ning fizika kabineti rahbari (1924—35), muzofot ped. texnikumi (1925 — 26), oʻlka xotin-qizlar bilim yurti (1926— 30), Narimonov nomidagi taʼlim va tarbiya texnikumi (1928) hamda sanoat pedagogika texnikumida (1930—32) fizika oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. Toshkent xotin-qizlar ped. texniku-mi, kechki taʼlim-tarbiya instituti va Pokrovskiy nomidagi kechki ishchilar fakultetining asos guruxlarida fizika va kimyo fanlaridan dars bergan (1932—36). "Hikmat va kimyo darsli-gi" (1922), "Kimyo darsligi" (1926), "Fizikadan boshlangʻich musohabalar" (1927), "Kimyo" (1929), "Fizika ter-minlari" (1931) darslik va oʻquv qoʻllanmalari muallifi ("Tuproq va oʻgʻit", "Fizika lugʻati" kitoblari qoʻlyozma holida boʻlib, eʼlon qilinmay qolgan).

H.N. oʻzbek mumtoz shoirlariga ergashib, gʻazallar yozgan. Uning erksevarlik va vatanparvarlik ruhidagi ashulasi Andijondagi "milliy ittihodchilar"ning madhiyasi boʻlgan.

H.N. 1919 yilda Andijonda tuzilgan "Milliy ittihod" tashkilotiga aʼzo boʻlib kirgan, keyin esa tashkilotga rahbar boʻlib qolgan. Tashkilot 1922 yilda tor-mor etilgach, H.N. tashkilotning boshqa faollari bilan birga 1923 yilda qamoqqa olingan va sovet davlatiga qarshi amaliy harakat olib bormaganligi sababli 10 oydan keyin ozod etilgan. Ammo H.N. 1938 yil 8 avg . da oʻsha "ayblar"i uchun yana qamoqqa olinib, oliy jazoga hukm qilingan. Mahbusning oʻlim kamerasidan afv soʻrab yozgan ari-zasiga 1942 yil 31 yanvarda rad javobi berilgan. Biroq, keyinchalik mahbus jazo muddatini oʻtash uchun Magadandagi lagerlardan biriga yuborilgan va oʻsha yerda vafot etgan.

Adabiyot[tahrir]

  • Husaynxon Niyoziy — xalq professori, T., 2001; Shamsutd i nov R., Istiq-lol yoʻlida shahid ketganlar, T., 2001.

Naim Karimov.