Husayn toha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Husayn toha (1889.14.11, Yuqori Misr, Magaga shahri yaqinidagi Kilu qishlogʻi — 1973.28.10, Qohira) — arab yozuvchisi, adabiyotshunos va tarixchi (Misr), professor (1919). Qohiradagi Arab tili akademiyasi prezidenti (1965 yildan). "Vafd" partiyasi aʼzosi (1932). Iskandariya universiteti rektori (1943-46), Maorif vaziri (1950—52), 1956 yildan Misr Yozuvchilari ittifoqi raisi. Toʻrt yoshida koʻr boʻlib qolgan. Arab shoiri va faylasufi Abul-aʼlo al-Maarriy ijodi boʻyicha ilmiy tad-qiqotlar olib borgan. "Kunlar" (1—2-kitob, 1929—39; 3-kitob, 1972), "Kaklik nidosi" (1934), "Adib" (1935), "Baxtsizlik daraxti" (1944), "Yer zah-matkashlari" (1948) va boshqa asarlar mual-lifi. H.T.ning adabiyotshunoslikka oid "Sheʼriyat va nasr haqida suhbatlar" (1936), "Hozirgi zamon adabiyotimizdan" (1958) kabi asarlari ham bor. "Memuarlar"i 1967 yil nashr etilgan. Misr Davlat mukofoti (1959) va "Ni-lufar" jur. mukofoti (1971) laureati.

LL: Xalidov A.B., Xudojestvennaya proza Taxa Xuseyna, L., 1954; Kotsarev N . K., Pisateli Yegipta. XX vek, M., 1975.