Huquqii ong

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Huquqiy ong - ijtimoiy ong shakli; jamiyat aʼzolarining mavjud huquqiy munosabatlar va huquqni tushunishi, huquq-tartibot haqidagi tasavvurida oʻz aksini topadi. Huquqii ong nafaqat amaldagi huquq, balki uning tarixi, shuningdek boshqa jamiyatlardagi voqeliklarni bilishni ham oʻz ichiga oladi. Alohida shaxs, guruh va jamiyatning Huquqii ongi ajratib koʻrsatiladi. Huquqii ong huquqiy mafkura va huquqiy psixologiyadan tashkil topgan. Huquqiy mafkura — har xil huquqiy hodi-salar haqidagi nuqtai nazar, tushun-cha, gʻoya va qarashlarning ilmiy umumlashtirilgan tizimidan iborat. Huquqii ongning huquqiy mafkura qismida aksini topgan huquqiy hodisalar huquqqa bagʻishlangan maxsus nazariy izlanishlarda oʻz rivojini topib, ilmiy darajada anglab yetiladi. Bunday ilmiy asarlarning mazmuni odamlar maʼnaviy mulkiga aylanib, ularning ongiga aniq huquqiy bilimlarni, mulohazalarni, eʼtiqod va kay-fiyatni olib kiradi. Huquqiy mafkura — shaxsning Huquqii ongini ilmiy asosda shakllantira borib, huquqqa, odamning huquqqa boʻlgan munosabatiga hal qiluvchi taʼsir qiladi. Huquqiy psi-xologiya — huquqiy hodisalarni his-siyot bilan anglashdir. Odam ijtimoiy hodisalarni, jumladan, huquqiy munosabatlarni nafaqat aql bilan, balki sezgi bilan ham tushunib yetadi.

Huquqii ong darajasi jamiyat aʼzolarining huquqiy maʼlumotlariga ham bogʻliqdir. Shunga koʻra, fuqarolarning huquqiy madaniyat darajasini koʻtarishga koʻmak beradigan huquqiy ax-borot tizimini tashkil qilishning ahamiyati katta. Huquqiy madaniyatning darajasiga qarab, Huquqii ong 3 turga ajratiladi: oddiy, ilmiy va kasbiy. Oddiy Huquqii ong, odatda, oʻz-oʻzidan vujudga keladi va odamning shaxsiy tajribasi, huquqiy hodisalar bilan bogʻliq boʻlgan hayotiy vaziyatlar haqidagi tushunchasi bilan belgilanadi. Bunga odamning ishga joylashuvidagi yoki oliy oʻquv yurtiga kirish qoidalari yo boʻlmasa yoʻl qoidasini buzganligi uchun javobgarligi haqidagi bilimlar misol boʻla oladi. Huquqii ong borliq haqidagi oddiy tushunchalar chegarasida qolib ketmaydi, doimo rivojlana borib, nazariy, ilmiy tushunchaga aylanadi. Ilmiy Huquqii ong ijtimoiy huquqiy haqiqatni u yo bu darajada toʻgʻri aks ettiruvchi bilimlar tizimini oʻz ichiga oladi. Kasbiy Huquqii ong esa yuridik oliy oʻquv yurtlaridaoʻqish natijasida shakllanadi, soʻngra, huquqiy amaliyot jarayonida sayqallanadi. Huquqiy fanlar vakillari, huquqshunos amaliyotchilar uning subʼyektlari hisoblanadi.

Huquqii ong jamiyat hayotining ijtimoiysiyosiy sharoitlari, uning madaniyHUQUQIY, demokratik yoki avtoritar anʼanalari bilan belgilanadi.

Nurali Javliyev.