Huquq oilalari

Huquq oilasi yoki huquqiy anʼana – oʻxshash xususiyatlar yoki tarixiy aloqalar asosida birlashtirilgan qonunlar yoki huquq tizimlari guruhidir[1]. Masalan, umumiy huquq tizimi va roman-german huquq oilasi eng koʻp uchraydigan misollar sirasiga kiradi. Bundan tashqari, boshqa koʻplab huquqiy oilalar ham eʼtirof etilgan. Huquq tizimi, huquq oilasi va huquqiy madaniyat tushunchalari oʻzaro chambarchas bogʻliqdir.
Huquq oilalari va anʼanalarini anglash zamonlar oʻtishi bilan oʻzgarib borgan. XX asrning dastlabki va oʻrta davrida huquq tizimlarini tasniflashga qaratilgan urinishlar koʻpincha taksonomik yondashuvdan foydalangan hamda huquq tizimining maʼlum bir huquq oilasiga mansubligi oʻzgarmas, aralash huquq tizimlari esa istisno holat sifatida qaralgan. Zamonaviy qarashlarga koʻra esa, huquq tizimlari bir vaqtning oʻzida bir nechta huquqiy oilalarga mansub boʻlishi mumkinligi eʼtirof etiladi.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransuz olimi Rene David tomonidan bildirilgan taklifga koʻra huquq tizimi quyidagi huquq oilalariga ajratiladi[2]:
- Romano-german huquq oilasi
- Anglosakson huquq oilasi
- Diniy huquq oilasi (musulmon, yahudiy va boshqalar)
- Sotsialistik huquq oilasi
- Anʼanaviy huquq oilasi
- Shuningdek, ayrim boshqa huquq oilalari
Roman-german huquq oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Romano-german huquqiy tizimi kontinental Yevropaning barcha davlatlarining huquqiy tizimlarini birlashtiradi. Roman-german huquq oilasi qiyosiy huquqshunoslikda qoʻllaniladigan atama boʻlib, Rim huquqining resepsiyasi asosida shakllangan va oʻzining huquqiy tizimlari tuzilmasi, huquq manbalari hamda konseptual-yuridik tizimining oʻxshashligi bilan ajralib turuvchi huquq tizimlar majmui.
Romano-german huquq oilasida quyidagi guruhlar ajratiladi:
- Rim huquqi guruhi (Fransiya, Belgiya, Ispaniya, Italiya, Lyuksemburg, Monako, Niderlandiya, Puerto-Riko, Ruminiya, Filippin, Lotin Amerikasi mamlakatlari, fransuzzabon Afrika mamlakatlari, Gʻarbiy Osiyoning ayrim mamlakatlari va boshqalarning huquqiy tizimlari);
- Germaniya huquqi guruhi (Germaniya, Avstriya, Ozarbayjon, Braziliya, Vengriya, Gretsiya, Indoneziya, Qirgʻiziston, Latviya, Moldova, Portugaliya, Sloveniya, Tailand, Turkiya, Oʻzbekiston, Ukraina, Chexiya, Shveytsariya, Estoniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqalarning huquqiy tizimlari);
- Skandinaviya huquq guruhi (Daniya, Islandiya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiyaning huquqiy tizimlari).
Baʼzi tadqiqotchilar mustaqil „slavyan guruhi“ni (Bolgariya, Makedoniya, Rossiya, Serbiya, Chernogoriya va boshqalarning huquqiy tizimlari) ajratib koʻrsatishadi[3][4][5].
Qoʻshimcha oʻqish uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Legal Traditions of the World: Sustainable Diversity in Law, 5th, Oxford University Press, 2014. ISBN 9780199669837.
- Great Legal Traditions: Civil Law, Common Law, and Chinese Law in Historical and Operational Perspective. Carolina Academic Press, 2011. ISBN 9781594609572.
- The Civil Law Tradition: An Introduction to the Legal Systems of Europe and Latin America, 4th, Stanford University Press, 2018. ISBN 9781503607552.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Comparative Legal Families and Comparative Legal Traditions“, The Oxford Handbook of Comparative Law, 2006 — 420–440-bet. DOI:10.1093/oxfordhb/9780199296064.013.0013. ISBN 9780199296064.
- ↑ Рене Давид. Основные правовые системы современности, М., 2009.
- ↑ Лафитский В.И.. Сравнительное правоведение в образах права, М., 2010 — 200-275-bet. (Wayback Machine saytida 2015-06-27 sanasida arxivlangan) „Архивированная копия“. 2015-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-iyun.
- ↑ Тихомиров А.Ю.. Курс сравнительного правоведения, М., 1996 — 128; 319-bet.
- ↑ Саидов А.Х.. Сравнительное правоведение, М., 2003 — 238-bet.