Kontent qismiga oʻtish

Humayrobegim

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Humayrobegim
pushtucha: حميرا بېگم
 Afgʻoniston malikasi
 
Mansab davri
1933-yil 8-noyabr  1973-yil 17-iyul
Hukmdor Muhammad Zohirshoh
Oʻtmishdoshi Moh Parvarbegim
Keyingisi unvon tugatilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 24-iyul 1918-yil
Kobul, Afgʻoniston amirligi 
Vafoti 26-iyun 2002-yil(2002-06-26)
(83 yoshda)
Rim, Italiya
Turmush oʻrtogʻi Muhammad Zohirshoh
Bolalari malika Bilqisbegim
shahzoda Muhammad Akbarxon
valiahd shahzoda Ahmadshoh
malika Maryambegim
shahzoda Muhammad Nodirxon
shahzoda Shoh Mahmudxon
shahzoda Muhammad Dovudxon
shahzoda Mir Vaysxon
Onasi Zarinbegim
Otasi Ahmadshohxon
Dini islom
Mukofotlari „Germaniya Federativ respublikasi oldidagi xizmatlari uchun“ ordenining katta xochi „Qimmatbaho toj“ ordeni 1-darajali Pleiades ordeni 1-darajali Faxriy legion ordeni
Dafn etilgan joyi Kobul

Humayrobegimshoh (1918-yil 24-iyul, Kobul, Afgʻoniston amirligi — 2002-yil 26-iyun, Rim, Italiya) — Afgʻonistonning soʻnggi shohi Muhammad Zohirshohning rafiqasi, Afgʻoniston malikasi[1].

Tarjimayi holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Humayrobegim afgʻon zodagoni sardor Ahmadshohxon va uning birinchi xotini Zarinbegimning qizi boʻlgan. 1931-yil 7-noyabrda 13 yoshida Humayrobegim amakivachchasi, Afgʻoniston valiahd shahzodasi Muhammad Zohirga (oʻsha paytda 17 yoshda boʻlgan) turmushga chiqqan[2]. Bu nikohdan olti oʻgʻil va ikki qiz tugʻilgan: malika Bilqisbegim (1932-yil 17-aprel), shahzoda Muhammad Akbarxon (1933-yil 4-avgust — 1942-yil 26-noyabr), valiahd shahzoda Ahmadshoh (1934-yil 23-sentyabr — 2024-yil 4-iyun), malika Maryambegim (1936-yil 2-noyabr — 2021-yil 25-dekabr), shahzoda Muhammad Nodirxon (1941-yil 21-may — 2022-yil 3-aprel), shahzoda Shoh Mahmudxon (1946-yil 15-noyabr — 2002-yil 7-dekabr), shahzoda Muhammad Dovudxon (1949-yil 17-aprel), shahzoda Mir Vaysxon (1957-yil 7-yanvar — 2023-yil 29-sentyabr). 1933-yil 8-noyabrda Muhammad Zohirshohning otasi, Afgʻoniston shohi Muhammad Nodirshoh oʻldirilgandan soʻng, Humayrobegimning eri taxtga oʻtiradi[3][4]. Humayrobegim Afgʻonistondagi ayollar huquqlari harakati asoschilaridan biri hisoblanadi. 1946-yilda malika ushbu mamlakatda ayollar masalalari boʻyicha birinchi jamiyatga asos solgan. 1959-yilda Humayrobegim Afgʻoniston bosh vazirining chaqirigʻiga binoan birinchi boʻlib ommaga chadrasiz chiqqan[5]. 1973-yilda shoh Italiyada koʻzini davolatayotgan paytda, Afgʻonistonda shohning amakivachchasi va sobiq bosh vazir Muhammad Dovudxon (bu voqealardan 10 yil oldin shoh tomonidan Dovudxon lavozimidan chetlatilgan) tomonidan davlat toʻntarishi sodir boʻladi. Afgʻoniston respublika deb eʼlon qilinib, oʻsha yilning avgust oyida Muhammad Zohirshoh taxtdan voz kechadi. Keyingi 29 yilni Muhammad Zohirshoh va Humayrobegim Italiyada, Rimning shimolidagi Olgiata kommunasidagi kichik villada muhojirlikda oʻtkazishgan. Gʻarb banklarida jamgʻarmasi boʻlmagan shoh asosan oʻz tarafdorlarining xayriyalari hisobiga kamtarona hayot kechirgan. Oʻlimidan olti yil oldin malika yorugʻlikka allergiyani boshdan kechira boshlaydi va koʻp vaqtini qorongʻi xonalarda oʻtkazgan, faqat vaqti-vaqti bilan yashash joylarini tark etgan. Oʻz vataniga, Afgʻonistonga qaytish rejalashtirilganidan bir hafta oldin, Humayrobegimshoh yurak yetishmovchiligi va nafas qisishi belgilari bilan Rim kasalxonalaridan biriga yotqizilgan. Ikki kundan keyin esa vafot etgan[6].

2002-yil 24-avgustda Humayrobegimshohning jasadi samolyotda Kobulga olib kelingan va bu yerda uning jasadi faxriy qorovul hamda Afgʻoniston rahbariyati tomonidan qabul qilib olingan. Afgʻoniston poytaxtining ikkita masjidida motam marosimlari oʻtkazilgan, shundan soʻng uning jasadi Kobuldagi shoh maqbarasiga dafn qilingan[7].

Humayrobegim 1-darajali Quyosh ordeni (Afgʻoniston, 1933)[8], 1-darajali Faxriy legion ordeni (Fransiya, 1950)[9][10], 1-darajali Pleiades ordeni (Eron, 1950)[11], „Germaniya Federativ respublikasi oldidagi xizmatlari uchun“ ordenining katta xochi (1963)[12], katta lentadagi „Qimmatbaho toj“ ordeni (Yaponiya, 1969)[11] bilan taqdirlangan.

  1. Englisch, Andreas. „Homaira, Afghanistans Exil-Königin“ (nemischa). Die Welt (2002-yil 29-iyun). 2026-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-mart. „Homaira Begum Schah wurde am 24. Juli 1916 in Kabul geboren und starb am 26. Juni 2002 in Rom.“.
  2. Soszynski, Henry „AFGHANISTAN“. members.iinet.net.au. 2026-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
  3. „HM King Mohammed Zahir Shah of Afghanistan“ (inglizcha). Henry Poole Savile Row. Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
  4. „The last King and Queen of Afghanistan - Royal Central“ (inglizcha) (2021-yil 28-avgust). Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
  5. Tamim Ansary (2012) Games without Rules: The Often-Interrupted History of Afghanistan
  6. „Afghan king's wife dies in Rome“. BBC News (2002-yil 27-iyun). 2026-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
  7. „Ex-queen buried in Afghanistan“. BBC News (2002-yil 30-iyun). 2026-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
  8. „Photo“. cloudfront.net. 2026-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
  9. „Photo“. cloudfront.net. 2026-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
  10. „Afghan Queen Homeira (L), French Preside“ (2010-yil 22-iyun). 2026-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-mart.
  11. 1 2 Royal Ark Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (29-oktyabr 2013-yil)
  12. Bildung, Bundeszentrale für politische „Deutschlands Engagement in Afghanistan - www.bpb.de“. bpb.de. 2026-yil 22-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 22-mart.