Hujjatli akkreditivlar va inkasso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki o'z mijozlari hamda vakil banklar manfaatlarini ko'zlab va ularning topshirig'iga ko'ra hujjatli akkreditivlar va inkasso shaklidagi hisob-kitob operatsiyalarini bajaradi.

Bank ishonchli hamkor sifatida katta obro' qozongani tufayli uning kredit yo'nalishlari hisobidan ochgan akkreditivlari va inkassosini jahonning barcha yetakchi banklari qabul qiladi. Holbuki, hozirgi vaqtda bunday

yo'nalishlar hajmi 520 AQSh dollaridan oshib ketgan, vakil banklar keng tarmog'i va zamonaviy aloqa vositalari esa hujjatli operatsiyalarni eng qisqa muddatlarda bajarish imkonini beradi.

O'zmilliybank hujjatli operatsiyalarni ijro uchun qabul qilish va bajarish vaqtida Xalqaro savdo palatasi 1993 yil tahririda 500-son bilan nashr qilgan Hujjatli akkreditivlar uchun birxillashtirilgan qoidalar va odatlarga, Xalqaro savdo palatasi 522-son bilan chiqargan Inkasso bo'yicha birxillashtirilgan qoidalarga tayanadi.

Hisob-kitoblarning hujjatli shakllarini qo'llash hisobiga operatsiyalar samaradorligi oshirilishi O'zmilliybank mijozlari hamda vakil banklariga biznes bo'yicha yangi sheriklarni jalb etib, o'zlarining savdo-iqtisodiy faoliyatlarini kengaytirib borish va bajarilayotgan operatsiyalar hajmini ko'paytirish imkonini bermoqda.

Kontraktni tayyorlash bosqichida bank mutaxassislari kontrakt bo'yicha hujjatli hisob-kitoblarning eng samarali tuzilishini tanlashda o'z maslahatlari bilan yordam beradilar.

O'zmilliybank hujjatli operatsiyalar bo'yicha vakil banklar topshiriqlarini bajarganligi uchun shunday topshiriqlarni bajarish bo'yicha vositachilik haqi tariflariga muvofiq vositachilik yig'imlari va foizlar undiradi.

O'zmilliybank hujjatli operatsiyalar bo'yicha mijozlar topshiriqlarini bajarganligi uchun shunday topshiriqlarni bajarish bo'yicha vositachilik haqi tariflariga muvofiq vositachilik yig'imlari va foizlar undiradi.

Manaba: nbu.uz