Hujjat al-Islom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hujjat al-Islom (arab. حجة الإسلام) musulmon olimlarga beriladigan sharafli unvon boʻlib, “islomning hujjati/isboti” yoki “islomning e’tiborli shaxsi” degan ma’noni anglatadi[1].

Sunniylikda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu unvon sunniy olamida ilk bor ellinizm ta’siridagi faylasuflar va ismoiliylarga qarshi raddiylar bildirgani uchun XI asr ilohiyotchisi Abu Homid Gʻazzoliyga nisbatan qoʻllangan[1]. Keyinchalik u qozilarni hurmatlash atamasi sifatida ham ishlatilgan[1].
Hozirgi davrda misrlik muhaddis Qozi Ahmad Shokir oʻz ustozi Muhammad Rashid Rizo vafotidan keyin uning “Hujjat ul-islom” boʻlganini bayon qilgan[2]. Devbandiylar bu unvonni boshqa din olimlari bilan olib borgan bahslari va Dorul Ulum Devbandni tashkil etgani uchun oʻzlarining yetakchilari, hanafiy-moturidiy olimi Muhammad Qosim Nanutviyga berganlar[1].

Shialikda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isnoash’ariya shialarida bu unvon olimlarga nisbatan qoʻllanadi. U dastlab yetakchi olimlarga sharaf sifatida ishlatilgan boʻlsa, endi bu atama oyatullohdan quyi olimlar iyerarxiyasidagi maqomni bildiradi[1]. Shialar orasida birinchi boʻlib bu unvonni Qojarlar davrida yashagan Muhammad Boqir Shaftiy (vaf. 1843) olgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Algar, Hamid (23-mart 2012-yil). "Ḥojjat-al-Eslām". Encyclopædia Iranica. XII. p. 426. http://www.iranicaonline.org/articles/hojjat-al-eslam. 
  2. ibn Abd al-Aziz ibn Hammad al-Aql, Abdurrahman „Al-Ustadhun Al-Imam Hujjat al-Islam As-Sayyid Muhammad Rashid Rida“,. Jamharat Maqalat Allamah As-Shaykh Ahmad Muhammad Shakir. Dar al-Riyadh, 2005 — 653–665 bet.