Hubert de Givenchy
| Hubert de Givenchy | |
|---|---|
|
Givenchy 1978-yilda | |
| Tavalludi |
20-fevral 1927-yil |
| Vafoti |
10-mart 2018-yil (91 yoshda) Neuilly-sur-Seine, Fransiya |
| Fuqaroligi | Fransiya |
| Taʼlimi | École des Beaux-Arts |
| Kasbi | moda dizayneri |
| Turmush oʻrtogʻi | Philippe Venet |
| Mukofotlari |
Faxriy Legion ordeni ritsari (1983)[1] San’at va adabiyot ordeni medali (1992)[1] |
Hubert James Marcel Taffin de Givenchy (1927-yil 20-fevralda tugʻilgan – 2018-yil 10-martda vafot etgan) – 1952-yilda Givenchy lyuks moda va parfyumeriya uyiga asos solgan fransuz dizayneri. Mashhur aktrisa Audrey Hepburnning shaxsiy kiyimlari, shuningdek, sahna uchun yaratilgan garderobining katta qismi, Jacqueline Kennedyning koʻplab liboslarini yaratgan.
Yoshlik yillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hubert James Taffin de Givenchy 1927-yil 20-fevralda Fransiyaning Oise viloyatidagi Bove shahrida protestant zodagonlar oilasida tugʻilgan[2]. Oilada kichik oʻgʻil edi, otasi Lucien Taffin de Givenchy (1888–1930), onasi esa Béatrice („Sissi“) Badin (1888–1976). Taffinlar oilasiga 1713-yilda zodagonlik unvoni berilgan boʻlib, oʻsha paytda oila boshligʻi Givenchy markiz unvonini olgan. Uning akasi Jean-Claude de Givenchy (1925–2009) oilaning faxriy markiz unvonini meros qilib olgan va keyinchalik Parfums Givenchy kompaniyasining prezidenti boʻlgan[3]. Oilaning uchinchi farzandi Beatrica 1928-yilda tugʻilgan, biroq tugʻilganidan koʻp oʻtmay vafot etgan.
Otasi 1930-yilda grippdan vafot etgach, Hubert de Givenchy onasi va buvisi Marguerite Badin (qizlik familiyasi Dieterle, 1853–1940) qoʻlida tarbiyalangan. Marguerite Badin rassom Jules Badinning (1843–1919) bevasi edi, Jules Badin esa tarixiy Gobelins manufakturasi va Beauvais gobelen fabrikalarining egasi hamda direktori edi. Badinlar oilasida sanʼat bilan shugʻullanish anʼanaga aylangan edi. Givenchyning onasining bobosi Jules Dieterle sahna bezaklari rassomi boʻlib, Beauvais fabrikasi uchun ham dizaynlar yaratgan, jumladan, Elysée saroyi uchun 13 ta gobelen loyihasi muallifi boʻlgan. Uning bobosining bobosi esa Parij operasi uchun sahna dekoratsiyalarini yaratgan.
Hubert de Givenchy 17 yoshida Parijga koʻchib oʻtgan va École des Beaux-Arts akademiyasida tahsil olgan. Boʻyi 6’6 dyuym (2 metr) boʻlgan[4].



Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Mohrt, Françoise. The Givenchy Style. Assouline, 1998. ISBN 2-84323-107-8, p. 204.
- ↑ „Le couturier Hubert de Givenchy est mort à l'âge de 91 ans“ (French). Le Monde (2018-yil 12-mart).
- ↑ „New York Times,Hubert de Givenchy Dies at 91; Fashion Pillar of Romantic Elegance, by Eric Wilson, March 12 2018“.
- ↑ Willsher. „Hubert de Givenchy, maker of style icons, dies aged 91“ (2018-yil 12-mart).