Hoshim qanday ulg‘aydi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hoshim qanday ulgʻaydi (Как Хашим был большим)
Rejissyor(lar) Yuriy Stepchuk
Ssenariynavis(lar) Yaroslav Filippov
Rollarda Rustam Tulyaganov, Xayrulla Saʼdiyev
Bastakor(lar) Rumil Vildanov
Studiya(lar) Oʻzbekfilm
Chiqarilgan sanasi 1976
Davomiyligi 63 min.
Mamlakat OʻzSSR
Til ruscha

Hoshim qanday ulgʻaydi — 1976-yilda[1] SSSR Davlat teleradiokompaniyasi buyurtmasi asosida “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan rangli talqindagi bolalar badiiy filmi. Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Sehrli qalpoq” hikoyasi asosida suratga olingan.

Filmning qisqacha mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film qahramoni toʻrtinchi sinf oʻquvchisi Hoshimjon na uyda, na maktabda muvaffaqiyat qozonardi. Bekorchilikdan va maqtanishdan uni boshqa ishi yoʻq edi.  Tanbal ona va uning oʻgʻillari Dunno va Bilmasvoy uni umuman maktabga bormaslikka va uydan qochishga koʻndirishadi. Hoshim ulardan uni voyaga yetkazib, katta qilib qoʻyishini iltimos qiladi. Hoshimjonning iltimosi rad qilinmay, bir ovozdan ma’qullanadi.

Katta boʻlgan Hoshimjon oʻzini agronom, rassom, oshpaz, sartarosh, tikuvchi sifatida sinab koʻrdi, biroq hech bir kasbda unga omad kulib boqmaydi. Chunki unda bilim tajriba yetishmasdi. Shunda Hoshimjon sehrgarlardan uni aqlli qilib qoʻyishini soʻraydi, ammo uning bu istagi qabul qilinmaydi. Umidsiz Hoshimjon yana kichik boʻlishini soʻraydi, bu talabi ham rad etiladi. Shundan keyin Hoshimjon uyga qanday boʻlsa shu holatida qaytadi. Lekin uni onasi va singlisidan boshqa hech kim tanimaydi.

Hoshimjon maktabda qunt bilan oʻqish, oʻrganish va uy ishlarida koʻmak berishdan boshqa chorasi qolmaydi. Shu tariqa undan afsun ham yoʻqolib, u asl holatiga qaytadi. Film soʻnggida tanbal ona va uning oʻgʻillari ishyoqmas va bekorchi bolalarni qidirish uchun koʻzdan gʻoyib boʻlishadi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rustam Toʻlaganov – Hoshimjonning bolaligi (Agar Vlasova ovoz bergan)
  • Xayrulla Sagdiyev - Hoshimjonning-yetuklik davri
  • Radjab Adashev - Dunno, tanbal ona oʻgʻli
  • Shuhrat Ergashev – Bilmasvoy, tanbal ona oʻgʻli
  • Oʻktam Luqmonova – Hoshimjonning onasi
  • Maqsud Mansurov - Otajon aka, oʻqituvchi
  • Nailya Tashkenbayeva – sehrgar
  • Goʻzal Hamroyeva – Oysha, Hoshimjonning singlisi
  • Maqsud Otaboyev - milisioner
  • Anatoliy Kabulov - teatr rejissori
  • Fayzullayev Yahyo - kolxozchilar brigadiri
  • Maqsum Yusupov - teatr direktori
  • Uchqun Rahmonov - tikuvchilik sexi mijozi

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Е. М. Карпушина, А. Высторобец. Телевизионные художественные фильмы для детей и фильмы-сказки: аннотированный каталог. — Гостелерадиофонд, 2002. — С. 186. — 231 с.