Horun ibn Xumoravayh
| Horun ibn Xumoravayh هارون بن خمارويه | |
|---|---|
| Misrning vassal hukmdori | |
|
Horun hukmronligi davrida zarb etilgan oltin dinor. 896/7-yil Halabda zarb etilgan. Oʻta noyob tangalar. | |
| Saltanat | 896 — 904 |
| Oʻtmishdoshi | Jaysh ibn Xumoravayh |
| Davomchisi | Shaybon ibn Ahmad ibn Tulun |
| Tugʻilishi | Misr |
| Vafoti | 904-yil 30-dekabr |
| Uy | Tuluniylar |
| Otasi | Xumoravayh ibn Ahmad ibn Tulun |
| Dini | Islom (Sunniylik) |
Horun ibn Xumoravayh (arabcha: هارون بن خمارويه; 904-yil 30-dekabrda vafot etgan) Misrning toʻrtinchi Tuluniy vassal amiri (896—904). Qoʻshin boshliqlari tomonidan oʻldirilgan akasi Abulasakir Jayshning oʻrnini egallagan. Davlat ishlarini vazir Abu Jaʼfar ibn Aliga topshirib qoʻyib, oʻzi maishatparastlik qilib yashashni maʼqul koʻradi. Bu holat mamlakatda tobora kuchayib borayotgan inqirozga sabab boʻlgan. Chunki davlat moliyasini boshqarish tobora imkonsiz boʻlib borib, hokimiyatni asta-sekinlik bilan armiya rahbarlari oʻz qoʻllarida toʻplay boshlaydilar.
Xumoravayh vafotidan soʻng, taxtga uning voyaga yetmagan vorislari chiqishi bilan mamlakat beqarorlik pallasiga kirdi. 896-yil noyabr oyida Xumoravayhning oʻgʻli Jaysh ibn Xumoravayh taxtdan agʻdarilib, qatl etildi. Oʻrniga ukasi Horun ibn Xumoravayh (h. 896–904) hokimiyat tepasiga keldi. Al-Muʼtazid yuzaga kelgan vaziyatdan foydalandi. 897-yilda chegaradagi at-Tugʻur viloyatlari ustidan nazoratini kengaytirdi. Tuluniylarni Homs shimolidagi Suriyaga tegishli barcha yerlarni qaytarishga majbur qildi. Xalifa Horun hokimiyatini tan olishi evaziga yillik soliq miqdorini 450 000 dinorgacha oshirdi[1][2]. Keyingi bir necha yil davomdia Tuluniylar hududlarida ichki tartibsizliklar davom etib, qarmatlarning hujumlari ham kuchayib bordi. Bu holat Tuluniylar tarafdorlarining koʻpchiligi qayta kuch toʻplayotgan xalifalik tomoniga oʻtib ketishiga sabab boʻldi[1].
Abbosiylar xalifaligi vaziyatdan foydalanib, 904-yilda Tuluniylar qoʻl ostidagi Suriya hududiga bostirib kirdi. Tuluniylar qoʻshini chekingach, xalifalik qoʻshinlari Nil vodiysiga kirishga muvaffaq boʻldi. Horun armiya qoʻzgʻoloni natijasida oʻldirildi. Horunning amakisi Shaybon uning vorisi va Tuluniylarning soʻnggi hukmdori boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Bonner 2010, s. 336.
- ↑ Kennedy 2004, s. 181.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bonner, Michael „The Waning of Empire, 861–945“, . The New Cambridge History of Islam, Volume 1: The Formation of the Islamic World, Sixth to Eleventh Centuries. Cambridge: Cambridge University Press, 2010 — 305–359-bet. ISBN 978-0-521-83823-8.
- Kennedy, Hugh. The Prophet and the Age of the Caliphates: The Islamic Near East from the 6th to the 11th Century, Second, Harlow: Longman, 2004. ISBN 978-0-582-40525-7.