Horun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Horun alayhis-salomdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

HorunQurʼonda zikri kelgan paygʻambarlardan biri. Musoning akasi. Alloh Musoni paygʻambar etib, unga Firʼavnni hidoyatga daʼvat qilish masʼuliyatini yuklaydi. Firʼ-avnga roʻbaroʻ boʻlib uni imonga, toʻgʻri yoʻlga daʼvat etish kishidan shijoat va kuchli iroda talab qilar edi. Muso biroz tezroq va duduqlanib gapirar edi. Shu bois, Muso Parvardigordan bu masʼuliyatli va ogʻir vazifani ado etishda oʻziga akasi H.ni yordamchi qilib berishni soʻraydi. Qurʼonda yozilishicha, nihoyatda fasohatli va taʼsirli soʻzlash qobiliyatiga ega boʻlgan H. Musoga yordamchi qilib beriladi (Toho surasi, 25—36-oyatlar). Aka-uka Firʼavnni hidoyat yoʻliga daʼvat eta-dilar. Ammo Firʼavn Allohning birligi va borligini eʼtirof qilmay, zalolatdan qaytmaydi. Oʻzini xudo deb bilgan Firʼavnni Alloh suvga gʻarq etib, halok qiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Horun" OʻzME. H-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil