Horace Rice

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
McLoughlin va Rice 1913-yilgi xalqaro tennis musobaqasining chorak finalida
Horace Rice
Mamlakat Avstraliya bayrogʻi Avstraliya
Tugʻilishi 5-sentyabr 1872-yil
Sydney, Yangi Janubiy Uels, Avstraliya
Vafoti 18-yanvar 1950-yil(1950-01-18)
(77 yoshda)[1]
Roseville, Avstraliya
Ishlatadigan qoʻli Chap qoʻl bilan oʻynaydi
Yakkalik bahslar
Jami titullari 26[2]
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open W (1907)
Wimbledon 2R (1913)
Juftlik bahslari
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open W (1910, 1915)
Wimbledon 2R (1913)
Mixed doubles
„Katta dubulgʻa“ turniri aralash juftlik bahslari natijalari
Australian Open W (1923)
Jamoa musobaqalari
Davis Cup QF (1913)

Horace Rice (1872-yil 5-sentabr — 1950-yil 18-yanvar) avstraliyalik tennischi edi.

Rice 1898-yildan tennis turnirlarida ishtirok eta boshlagan. Chap qoʻl bilan oʻynaydigan Rice finalda Harry Parkerni magʻlub etib, 1907-yilgi Avstraliya chempionatida erkaklar oʻrtasidagi yakkalik bahslar chempionligini qoʻlga kiritdi. Bunday natija koʻrsatgan faqatgina 3ta tennischilar bor edi, shulardan biri Rice edi.[3]

Shuningdek, u 3 marta (1910, 1911 va 1915-yillarda) ushbu Avstraliya chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan.

U Clarence Todd bilan hamkorlikda 1913-yilda Rice Wimbldon chempionatida bir marta maydonga tushdi, ammo uchta setda Alfred Beamishga magʻlub boʻldi. Oʻsha yili u Avstraliyaning Devis Kubogi jamoasida AQShga qarshi yagona oʻyinni oʻtkazdi. U ikki marotaba yakkalik oʻyinlarini yakunlay oldi va ikkalasida ham magʻlub boʻldi. Horace Rice 1913-yil 6-9-iyun kunlari Nyu-Yorkda AQShga qarshi 1−4 chorak finalda Devis Kubogidagi yagona o‘yinini o‘tkazdi va u yerda ikkita yakkalik bahsida qatnashdi va mos ravishda Maurice McLoughlin va yosh R. Norris Williamsga yutqazdi.(Norris ham oʻsha Devis kubogi oʻyinida debyut qilgan)

1915-yilgi chempionatda erkaklar oʻrtasidagi juftlik chempionligini qoʻlga kiritdi.

1923-yilda Sylvia Lance Harper bilan birga aralash juftlik musobaqasida gʻolib chiqdi.

Horace Rice 1950-yilda Sidneyda 77 yoshida vafot etdi.

Grand Slam (Katta dubulgʻa) turnir finallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yakkalik bahslar (1 ta chempionlik, 3 ta ikkinchi oʻrin)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natija Yil Chempionat Qoplama Raqib Hisob
Gʻalaba 1907 Avstraliya chempionati Oʻt Yangi Zelandiya Harry Parker 6-3, 6-4, 6-4
Magʻlubiyat 1910 Avstraliya chempionati Oʻt Avstraliya Rodney Heath 4-6, 3-6, 3-6
Magʻlubiyat 1911 Avstraliya chempionati Oʻt Avstraliya Norman Brookes 2-6, 3-6, 3-6
Magʻlubiyat 1915 Avstraliya chempionati Oʻt Birlashgan Qirollik Gordon Lowe 6-4, 1-6, 2-6, 4-6

Aralash juftliklar: 1 (1 nom)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natija Yil Chempionat Qoplama Hamkor Raqiblar Hisob
Gʻalaba 1923 Avstraliya chempionati Oʻt Avstraliya Sylvia Lance Harper Avstraliya Margaret Molesworth

Avstraliya Bert St. John

2-6, 6-4, 6-4

„Katta Dubulgʻa“ turnir va aralash juftlik bahslari soʻngida (1923-yil 18-avgustda) u 50 yosh-u 347 kun edi. Bu tennis tarixidagi erkaklar uchun eng yoshi katta tennischilar hisobida rekord darajani qayd etdi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ricening ukasi William Rice J.C. Williamson orkestrida skripkachi hamda turmush oʻrtogʻi Minnie Everett mashxur raqqosalardan biri hisoblanardi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. db4tennis
  2. Garcia, Gabriel „Horace Rice: Career match record“. thetennisbase.com. Madrid: Tennismem SL. Qaraldi: 2017-yil 7-noyabr.
  3. „Horrie Rice“. Grand Slam Tennis Archive. 2017-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]