Hongqi H5

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hongqi H5 — bu Xitoyning FAW ishlab chiqaruvchisi tomonidan 2017-yildan boshlab hashamatli Hongqi markasi ostida ishlab chiqarilgan ixcham boshqaruvchi avtomobil. H5 Hongqi H7 bir xil oʻlchamli hashamatli avtomobil asosida yigʻilgan[1]. Ikkinchi avlod Hongqi H5 2022-yilda Hongqi H9 flagmani bilan birgalikda yangilangan dizayn bilan taqdim etilgan.

Birinchi avlod[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hongqi H5

Hongqi H5 old tomondan
Tashqi koʻrinishi
Ishlab chiqaruvchisi Hongqi
Ishlab chiqarish 2017-2022-yillar
Assambleya Changchun (FAW Group)
Korpus va shassi
Avtomobil tasnifi Compact executive car (D)
Avtomobil korpusi tuzilishi 4-eshikli sedan
Avtomobil tartibi FF layout
Avtomobil platformasi Mazda GJ platformasida
Bogʻliqligi Mazda 6
Hongqi HS5
Hongqi E-QM5
Bestune B70 III
Quvvat oʻtkazgich
Dvigateli 1.5 L CA4GB15TD-30 I4 (turbo petrol)
1.8 L CA4GC18TD-30 I4 (turbo petrol)
Elektr motor Belt-Driven Starter Generator
Quvvati
  • 124 kW (169 PS; 166 ok) (1.5T)
  • 131 kW (178 PS; 176 ok) (1.8T)
Harakat uzatish mexanikasi 7-bosqichli DCT (1.5 L)
6-bosqichli avtomat (1.8 L)
Gibrid transport vositasi 48V gibrit tizimli (MHEV) (1.8T)
Oʻlchamlari
Gʻildiraklari 2,875 mm (113.2 in)
Uzunligi 4,945 mm (194.7 in)
Kengligi 1,845 mm (72.6 in)
Balandligi 1,470 mm (57.9 in)
Xronologiyasi
Avvalgi modellari Bestune B90
Hozirgi modellari Hongqi H5 II
Hongqi E-QM5 (Electric)
Hongqi H6

Birinchi avlod Hongqi H5 dastlab 2017-yilgi Shanxay avtosalonida ishlab chiqarishdan oldingi kontseptsiya sifatida koʻrib chiqilgan[2]. Ishlab chiqarish Hongqi H5 oʻrta oʻlchamli sedani 2017-yilgi Guanchjou avtosalonida boshlangan. Hongqi H5 Xitoy bozorida Mazda Atenza (FAW-Mazda qoʻshma korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan) nomi bilan tanilgan uchinchi avlod Mazda 6 (GJ/GL) bilan bir xil platformaga asoslangan[3].

Quvvat oʻtkazgich[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil uchun model yagona dvigatel varianti 1,8 litrli turbo 178 ok (133 kW; 180 PS) ishlab chiqarilgan va 250 N·m (184 lb·ft) moment 6 pogʻonali avtomat uzatmalar qutisiga ulangan[4] mexanizm asosida yigʻilgan. Narxlari esa 149 800 dan 195 800 yuangacha belgilangan[5].

2020-yi uchun model yangi 1,5 litrli turbo 169 ok (126 kW; 171 PS) kabi koʻrinishda ishlab chiqarilgan. Motor esa 258 N·m (190 lb·ft) aylanish momenti mahsulot qatoriga 7 pogʻonali ikki debriyajli vites qutisi opsiyasiga qoʻshilgan. Keyinchalik 1,8 litrli turbo 48V yumshoq gibrid tizim bilan yangilangan, 197 ok (147 kW; 200 PS) va 320 N·m (236 lb·ft) momentni tashkil qilgan va transmissiya 6 pogʻonali avtomatik uzatmalar qutisiga moslashtirilgan. Mahalliy narxlar 145 800 dan 190 800 yuangacha belgilangan[6].

Hongqi H5 Sport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hongqi H5 Sport old qismi

Hongqi H5 Sports — bu Hongqi H5 uchun sport koʻrinishi toʻplami hisoblanadi. Unda agressiv old va orqa bamperlar, qayta ishlangan panjara, yaltiroq qora bezak qismlari va oʻrqa qismiga o‘rnatilgan spoyler hamda to‘rtta egzoz uchlari mavjud. Biroq, quvvat tizimi oddiy H5 bilan bir xil qilish ishlanga[7].

Ikkinchi avlod[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi avlod Hongqi H5 ning media tasvirlari 2022-yil mart oyida chiqarilgan. Ikkinchi avlod modeli Hongqi H9 flagmani bilan bir xil uslubda butunlay qayta ishlangan tashqi ko‘rinishga ega[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]