Hong Chul
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Hong Chul[1] | ||
| Tavallud sanasi | 17-sentyabr 1990-yil | ||
| Tavallud joyi | Hwaseong, Gyeonggi, Janubiy Koreya | ||
| Boʻyi | 1.76 m | ||
| Ampluasi | Left-back, Left winger | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Gangwon FC | ||
| Raqami | 33 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2006–2009 | Poongsaeng High School (Youth) | ||
|
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 5-dekabr uchun) | |||
Hong-Chul (koreyscha: 홍철 ; 1990 yil 17-sentyabr, Seongnam, Koreya Respublikasi) — kelib chiqishi janubiy koreyalik boʻlgan futbolchi, „Ulsan Hyundai“ klubi va Janubiy Koreya terma jamoasi himoyachisi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U futbolchi sifatidagi oʻzining ilk faoliyatini Dankuk universiteti jamoasida oʻynab boshlagan, keyin esa „Seongnam“ klubiga taklif etilgan. U 2010-yilning 23-fevralida Yaponiyaning “Kavasaki Frontale” jamoasiga (2:0)[2] qarshi OChL oʻyinida kattalar toifasida debyut qilgan. Natijada Chul jamoaga ushbu xalqaro sovrinni qoʻlga kiritishda yordam berdi va keyingi yili klub bilan Janubiy Koreya kubogini ham qoʻlga kiritdi. Umuman olganda, u futbolchilik faoliyatining asosiy uch mavsumini Seongnam shahri jamoasida oʻtkazdi. Seonnam bilan oʻtkazgan oʻyin vaqtning koʻp qismida jamoaning asosiy himoyachisi vazifasini bajardi.
2013-yil boshida u Suvon Samsung Bluewings klubi bilan shartnoma imzoladi va futbolchilik faoliyatining keyingi toʻrt mavsumini shu klubda oʻtkazdi. 2016-yilda asosiy tarkibda oʻynab, mamlakat kubogini qoʻlga kiritdi.
2017- yilning boshida Chul harbiy xizmatga chaqirildi va Sangju Sanmu armiyasi jamoasida oʻynay boshladi, u yerda u ikki yillik harbiy xizmatni oʻtkazishi kerak edi. 2018-yilning 2-iyun holatiga koʻra, u klub safidagi milliy chempionatda 42 ta oʻyin oʻtkazgan.
Statistika:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2017-yil 2-dekabr holatiga ko'ra
| Klub | Liga | Kubok | Liga kubogi | Kontinental | Jami | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Mavsum | Klub | Liga | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar |
| Janubiy Koreya | Liga | Janubiy Koreya kubogi | K ligasi | OFK | Jami | |||||||
| 2010 yil | Seongnam | K ligasi | 18 | 1 | 3 | 0 | 4 | 1 | 9 | 0 | 34 | 2 |
| 2011 yil | 20 | 3 | 4 | 0 | 4 | 1 | - | 28 | 4 | |||
| 2012 yil | 30 | 2 | 1 | 0 | - | 5 | 0 | 36 | 2 | |||
| 2013 yil | Suvon Samsung Bluewings | K ligasi | 34 | 2 | 1 | 0 | - | 5 | 0 | 40 | 2 | |
| 2014 yil | 29 | 0 | 1 | 0 | - | - | 30 | 0 | ||||
| 2015 yil | 30 | 0 | 1 | 0 | - | 4 | 0 | 35 | 0 | |||
| 2016 yil | 6 | 0 | 0 | 0 | - | 0 | 0 | 6 | 0 | |||
| Jami | Janubiy Koreya | 167 | 8 | 11 | 0 | 8 | 2 | 23 | 0 | 209 | 10 | |
| umumiy martaba | 167 | 8 | 11 | 0 | 8 | 2 | 23 | 0 | 209 | 10 | ||
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009—2010-yillarda Janubiy Koreya yoshlar terma jamoasiga taklif qilingan. Yoshlar miqyosida u umumiy 10 ta rasmiy oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol sohibi boʻldi.
2011-yil 9-fevralda Janubiy Koreya terma jamoasi tarkibida Turkiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (0:0)[3] maydonga tushdi. Va bu uning debyut uchrashuvi sifatida belgilandi.
Terma jamoa tarkibida 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionati ishtirokchisi boʻlgan[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „FIFA World Cup Qatar 2022 – Squad list: Korea Republic (KOR)“. FIFA (2022-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
- ↑ „Seongnam 2-0 Kawasaki Frontale“. soccerway.com. Qaraldi: 17-iyun 2012-yil.
- ↑ „Южная Корея-Турция“. soccerway.com. Qaraldi: 17-iyun 2012-yil.
- ↑ „Revealed: Every World Cup 2018 squad - 23-man & preliminary lists & when will they be announced?“. Goal. Qaraldi: 18-may 2018-yil.
