Kontent qismiga oʻtish

Holly Gillibrand

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Holly Gillibrand (2005-yilda tugʻilgan)[1][2] – shotlandiyalik ekologik faol va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashuvchi.

Gillibrand Fridays for Future Scotland harakatining tashkilotchilaridan biri hisoblanadi[3]. U Heal Rewilding xayriya tashkilotida yosh maslahatchi, Scotland: The Big Picture elchisi va OneKind hayvonlar huquqlari tashkiloti faoli sifatida ishlaydi[4]. Lochaber Times gazetasida maqolalar yozgan[5].

2019-yilda Gillibrand Glasgow Times tomonidan „Yilning eng yosh shotlandiyalik ayoli“ deb topilgan[2]. 2020-yilda esa BBC Radio 4 tomonidan „Womanʼs Hour Power List 2020“ roʻyxatiga 30 ta ayoldan biri sifatida kiritilgan[6].

Gillibrand 2005-yilda Shotlandiyaning Fort William shahrida tugʻilgan.

13 yoshida, 2018-yilda u global ekologik inqiroz haqida xabardor boʻlib, maktab norozilik haraklarida iqlim oʻzgarishlariga qarshilish qilish uchun qatnasha boshladi va tez orada ommaviy axborot vositalarida koʻrinish bergan[7]. 2019-yilda BBC uni global yosh iqlim faollari roʻyxatiga kiritdi[8].

2020-yil avgust oyida Gillibrand Chris Packham bilan birgalikda yovvoyi tabiat jinoyatlariga qarshi milliy kampaniyada ishtirok etdi. Noyabr oyida esa boshqa yosh faollar bilan birga Alok Sharma bilan suhbat oʻtkazdi.

2022-yilda Gillibrand BBC Scotlandning „The Oil Machine“ hujjatli filmida ishtirok etdi, film Buyuk Britaniyaning Shimoliy dengiz neftiga qaramligini haqida edi[9].

  1. Waterhouse, James. „'I skip school to demand climate change action'“. BBC News. BBC (2019-yil 14-fevral). Qaraldi: 2021-yil 24-aprel.
  2. 2,0 2,1 Fotheringham, Ann. „Young Scotswoman of the Year Holly Gillibrand: 'Caring is not enough - we have to act'“. Glasgow Times. Gannett (2020-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 24-aprel.
  3. Hinchliffe, Emma „Meet the next generation of global climate activists“ (en). Fortune (2021-yil 16-fevral). Qaraldi: 2021-yil 24-aprel.
  4. Eco-scouts vebsayti
  5. Laville, Sandra „'I feel very angry': the 13-year-old on school strike for climate action“. The Guardian (2019-yil 8-fevral). Qaraldi: 2021-yil 26-aprel.
  6. „Woman's Hour Power List 2020: The List“. BBC Radio4. 2020-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-noyabr.
  7. The Herald
  8. BBC vebsayti
  9. Ferguson, Brian „Teenage climate crisis activist takes on industry giants in North Sea oil film“. The Scotsman (2021-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 11-yanvar.