Hojiakbar Ahmedov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ahmedov Hojiakbar (1906.1.6, hozirgi Namangan tumani Xonobod qishlogʻi — 1980.5.3, Namangan) — oʻzbek xonanda-si (bariton) va aktyor. Oʻzbekiston xalq hofizi (1939). Hamnafaslari Ja’far-xon Umarov va Jamolqori Gʻiyosovlar bilan birga Katta Fargʻona kanali, Shimoliy Toshkent kanali qurilishlarida qatnashgan. Namangan musiqali drama teatrida (1934—41), Muqimiy teatrida (1941—62) ishlagan. Sardor ("Tohir va Zuhra"), Hisrav ("Farhod va Shirin"), Dehqon ota ("Oftobxon"), Hoji, Goʻroʻgʻli ("Nur-xon", "Ravshan va Zulxumor"), Rais ("Ol-tin koʻl"), Madumar ("Vatan ishqi") va boshqa obrazlarni yaratgan. Repertuaridan katta ashula, ommabop oʻzbek qoʻshiqlari oʻrin olgan: "Hormangiz", "Kanalimga keling", "Ey, koʻngil", "Ilgʻor suvora", "Bir qamar", "Mehnat ila", "Hur diyo-rim", "Oʻzingdandir", "Oʻrgandim" va h. k. Namangan tumanidagi bolalar musiqa maktabiga A. nomi berilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil