Hoji tam-tam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hoji tam-tam (aslida Homidov Hoji Qurbon, 1888 — Samarqand — 1964.24.1) — xalq qiziqchisi, Eski maktabda savod chiqargan. Yoshligidan xalq sayillarida hofizlar, mashshoqlar, nazm ahli orasida boʻlib, ashula yoʻllarini, muqallid qilishni oʻrganadi. Mashhur xonanda Hojiabdulaziz Abdurasulov bilan hamkorlik qilgan. H.t-t askiya turi — shirinkorlikning , shuningdek, doira chalish, choʻp va qayroq bilan ijro etiladigan oʻyinlarning ustasi boʻlgan. Odatda u qoʻshiq aytganda, oʻziga oʻzi soz bilan emas, balki "tam-tam" deb rubobning jarangiga qilinadigan taqtidiy ohangi bilan joʻr boʻlgan. Shu bois xalq uni H.t-t. deb ketgan. 1937-yil Moskvada oʻtgan oʻzbek sanʼati dekadasida, Kattaqoʻrgon suv ombori va Katta Fargʻona kanali qurilishlarida qatnashgan. Samarqanddagi Yosh tomoshabinlar teatri (1942—43), Musiqali drama va komediya teatrida (1943—47) ishlagan. Uning repertua-rida oʻzbek, tojik, ozarbayjon, uygʻur, rus xalq qoʻshiqlari, lapar va latifalari, muqallidlari katta oʻrin tutgan. H.t-t. aytgan "Karima koʻylak kiyadi", "Kolxozga kirdim", "Yalli-yalli", "Bor-bora bormayman", "Omon-omon", "Biyo yak", "Meravam", "Uka, chilim chekmang", "Yexal iz yar-marki uxar" kabi qoʻshiqlar ommalashgan. Shuningdek, u Hojiabdula-ziz, Levi Boboxonov, Domla Halim Ibodov va boshqalarga taqlid-parodiya ham qilgan. Doni Zokirov, Nabijon Hasanov, Sharif Akromov kabi bastakorlar undan qoʻshiqlar oʻrganishgan.