Hoji Garay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hoji Garay I (qrim tatarcha: I Hacı Geray, I Хаджы Герай, ? — 1466, Boqchasaroy) — Qrim xonligi va Garaylar sulolasi asoschisi. Dastlab Oltin Oʻrdaga tobe boʻlgan Qrim xonligini boshqargan (1428-yildan). Oʻzaro urushlar natijasida taxtdan ayrilgan. Soʻngra Qrimga qaytib (1432), genuyaliklarning qoʻshinini tor-mor qilgan va taxtni qayta egallagan (1434). Biroq Qozon xonligi asoschisi Ulugʻ Muhammad qoʻshini tomonidan magʻlubiyatga uchrab, Litvaga qochgan va knyaz Sigizmund Keystutovichdan Lida shahrini mulk sifatida olgan (1435). Keyinchalik Hoji Garay Buyuk Litva knyazi Kazimir IV yordamida Qrim xoni deb eʼlon qilingan (1443). U Usmonli turk sultonlari bilan harbiy ittifoq tuzib (1454), genuyaliklarga qarshi muvaffaqiyatli urush harakatlarini olib borgan. 1461-yilda Ahmad bilan birgalikda Said Ahmadga qarshi kurashgan. 1465-yilda Oltin Oʻrda qoʻshiniga hujum qilib, ularning Moskvaga qilmoqchi boʻlgan harbiy yurishiga xalaqit bergan.

U xonlik poytaxtini Solxat (hozirgi Eski Qrim) shahridan Qirq Yerga (hozir Boqchasaroy shahri tarkibida) koʻchirgan.

Hoji Garay vafotidan soʻng uning toʻngʻich farzandlari Nur Davlat va Haydar bilan kichik oʻgʻli Mengli Garay oʻrtasida hokimiyat uchun kurash boshlangan va bu kurashda Mengli Garay gʻolib chiqqan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • LL.Tunmann , Krimskoye xanstvo (Perevod s nemetskogo), Simferopol, 1991
  • Grekov B.D., Yakubovskiy A.Yu., Oltin Oʻrda va uning qulashi, T., 1964.