Hodi toqtosh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hodi toqtosh (taxallusi; asl nomi Toqtoshev Hodi Xayrullayevich) (1900.20.12, Tambov guberniyasi Spasskoye qishlogʻi — 1931.8.12, Qozon)— tatar shoiri. Tirikchilik tashvishi bilan 1915 yilda Buxoroga koʻchib kelib, 1917 yil voqealariga qadar shu yerda yashagan. 1921 yil Turkiston qoʻshinlari tarkibida Toshkentda xizmat qilgan, ayni paytda qisqa muddat Kommunistik universitetda tatar tili va adabiyotidan dars bergan. 1922 yilda Orenburgga borib, "Yoʻqsillar soʻzi" gaz.da ishlagan. Soʻngra Qozonga qoʻchib borgan va qizgʻin adabiy faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan.

Ijodi 1918 yilda boshlangan. U Sharq romantik sheʼriyati anʼanalari ruhida "Azroillar" (1916), "Oʻldirilgan paygʻambar" (1918), "Unutilgan qasam" (1921) singari sheʼrlar, "Yer oʻgʻlonlari" (1922) sheʼriy tragediyasini yozgan. H.T.ning "Sirkida ovuli", "Dovuldan soʻng" (1924), "Mukamay" (1929) dostonlari, "Tong shabadasi" (1928—29) tugallanmagan romani va boshqa asarlarida 20-yillardagi inqilobiy voqealar oʻz aksini topgan. Shoirning "Muhabbat tavbasi" (1927), "Alsu" (1929) dos-tonlari va "Yoʻqolgan goʻzallik" (1928) dramasida yoshlarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasi bilan bogʻliq masalalar koʻtarilgan. Tataristonda jamoalashtirish kampaniyasining oʻtkazilishi mavzusiga bagʻishlangan "Komil" (1930) dramasi oʻz davrida tatar dramaturgiyasining taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan.

H.T. tatar sheʼriyatiga yangi mavzular bilan birga yangi ohanglar olib kirgan, qofiya imkoniyatlarini kengay-tirib, tatar adabiyotini yangi sheʼriy shakllar bilan boyitgan.

H.T. Gʻafur Gʻulom, Gʻayratiy, Amin Umariy, Shokir Sulaymon va boshqa oʻzbek shoirlari bilan ijodiy aloqada boʻlgan. Uning "Kelajakka xatlar" (1931) dostoni va bir necha sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.