Hodi fayzi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hodi fayzi (1895, Avliyoota — 1937) — maʼrifatparvar. Boshlangʻich taʼlimni qishloq maktabida olgan, soʻngra Ufadagi Gʻoliya yangi usul madrasasida oʻqigan. 1910 yil Turkistonga kelib maʼrifatparvarlik faoliyati bilan shugʻullangan. Turkiston oʻlkasi qishloq va shaharlarida oʻqituvchilar tayyorlash kurslarini ochgan. 1917 yilgacha "Ozod" gaz. muharriri. Mahalliy millat vakillaridan oʻqituvchilar tay-yorlaydigan Qoʻqon xalq universitetini tashkil etishda qatnashgan (1918), shu universitet oʻqituvchisi, "Xalq gazetasi" muharriri. Skobelev (Fargʻona) shahrida viloyat oʻqituvchilar kurslarini tashkil etgan, mat.dan dars bergan (1919). Maorif institutida mat. oʻqituvchisi (1920). 1921—22 yillarda partiya ishlarida. Moskvadagi oʻzbek talabalari oʻqiydigan "Buxoro maorif uyi" direktori. H.F. Oʻzbekistonda nashriyot ishi taraqqiyotida faol qatnashgan. 1937 yil dekabrda qatagʻon qilingan. Iqtisodiyot nazariyasi va tarixga oid asarlar yozgan. 1956 yil oqlangan. Samarqand shahridagi koʻchalardan biriga nomi berilgan.