Hirot qoʻzgʻoloni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hirot qoʻzgʻoloni (1716-yil) -Safaviilar hukmronligiga qarshi Hirot va uning viloyatida koʻtarilgan qoʻzgʻoloni. Viloyat aholisining bir qismi afgʻonlarning abdal qabilasidan iborat edi. Milliy zulm va mahalliy aholini safaviy hokimlari tomonidan diniy taʼqib etilishi, shuningdek, yirik afgʻon qabila boshliqlarining chet elliklar hukmronligidan xalos boʻlishga intilishlari Hirot qoʻzgʻoloniga sabab boʻlgan. Qoʻzgʻolonning asosiy harakatlantiruvchi kuchini abdal qabilasi tashkil etgan; qabila boshliqlari va zodagonlari rahbarlik qilgan. Hirot va viloyatning afgʻon boʻlmagan aholisi qoʻzgʻolonchilarga katta yordam koʻrsatganlar, oziq-ovqat, yem-xashak bilan taʼminlab turgan, harbiy qismlar tashkil qilgan. Shoh qoʻshinlarining qoʻzgʻolonni bostirish uchun qilgan urinishlari zoye ketgan. Hirot qoʻzgʻoloni natijasida Hirot amirligi barpo etilgan.