Hiragana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hiragana (yaponcha: 平仮名, ひらがな?, XFA: [çiɾaɡaꜜna, çiɾaɡana(ꜜ)]) yapon tili yozuv tizimining bir qismi boʻlgan sillabik yozuv uslubi. Katakana va kanji bilan birgalikda qoʻllaniladi.

Bu fonetik harf tizimi. Hiragana soʻzi soʻzma-soʻz „oddiy“ kana (murakkab kanjidan farqli oʻlaroq) degan maʼnoni anglatadi [1] [2] [3].

Hiragana va katakana kana tizimining ikki qismidir. Bir nechta istisnolardan tashqari, yapon tilidagi har bir boʻgʻin ikkala tizimda ham bitta belgi (yoki bitta digraf) bilan ifodalanadi. Bu /a/ (hiragana) kabi unli tovush; /ka/ () kabi undoshdan keyin unli; yoki /N/ (), kontekstga qarab m, n yoki ng ([ ŋ ]) burun sonoranti boʻlishi mumkin. Kana belgilari bir undoshlarni ifodalamaganligi sababli (yuqorida aytib oʻtilgan ん bundan mustasno), kana alifbo harflari emas, balki boʻgʻin belgilari deb ataladi[4].

Hiragana okurigana (kanjidan foydalanib yoziluvchi feʼl va sifatlar ildizlarini toʻldirish uchun foydalaniladigan kana), turli grammatik vazifa bajaruvchi soʻzlarni, yuklama va kelishiklar, hamda muqobil kanjisi mavjud boʻlmagan mahalliy soʻzlarni yozish uchun ishlatiladi[5]. Bir hil kanji bilan ifodalanuvchi ammo turli hil maʼnoga ega boʻlgan soʻzlarni ham farqlab olish uchun hiraganada yozilishi mumkin. Shuningdek, hiragana kanji belgilarining toʻgʻri talaffuzini koʻrsatuvchi furigana vazifasini ham bajaradi.

Hiragananing ikkita asosiy tartiblash tizimi mavjud: eski iroha tartibi va keng tarqalgan yangi gojuon tartibi.

Yozuv tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hiragana harflari
a i u e o
k
s
t
n
h
m
y [6] [6]
r
w [6]
(n)
Asosiy funktsional belgilar
va diakritika belgilar
Faqat baʼzi tegishli nomlarda ishlatiladi

Yuzlab hentaiganalardan (hiragana belgilarining eski koʻrinishlari) voz kechilgan 1900-yilgi yozuv islohotidan soʻng, hiragana yozuvi 48 ta belgilardan iborat boʻlib, ulardan ikkitasi (va) faqat baʼzi tegishli nomlarda qoʻllaniladi:

  • 5 ta birlik unlilar:/a/,/i/,/u/,/e/,/o/ (mos ravishda talaffuz qilinadi [a], [i], [ɯ], [e] va [o])
  • 42 undosh-unli birikmasi: masalan/ki/,/te/,/ho/,/ju/,/wa/ (mos ravishda talaffuz qilinadi: [ki], [te], [ho], [yu] va [wa])
  • n shaklida lotinlashtirilgan 1 ta birlik undosh () .

Ular yuqoridagi jadvalda koʻrsatilganidek, 5×10 oʻlchamdagi jadval (gojūon, 五十音, „Ellik tovush“) shaklida tartiblangan. Oʻqilishi: あ (a),い (i),う (u), え (e), お (o),か (ka), き (ki), く (ku), け (ke), こ (ko) va boshqalar (lekin sishi, tichi, tutsu, hufu, wii, we → e, woo). Nazariy jihatdan mumkin boʻlgan 50 ta kombinatsiyadan yi, ye va wu toʻliq ishlatilmaydi. w qatoridagi va zamonaviy yapon tilida kam uchraydi. wo belgisi [o] deb talaffuz qilinadi va asosan kelishik sifatida qoʻllaniladi. Birlik undosh ん (n) esa gojūondan tashqarida hisoblanadi.

Jadvaldagi asosiy hiragana bielgilar turli yoʻllar bilan oʻzgartirilishi mumkin. Dakuten(゛) dikritik belgisini qoʻshish orqali , jarangsiz undosh jarangli undoshga aylanadi: kg, ts/sz, td, hb va ch/shj (shuningdek <i id="mwAYg">u</i> → v(u)). Masalan, か(ka) – が(ga) ga aylanadi. h (yoki f) tovushi bilan boshlanadigan hiragana belgisiga handakuten (゜) diaraktik belgisini qoʻshib h (f) ni p ga oʻzgartirish mumkin. Masalan, は(ha) belgisi talaffuzi ぱ(pa) ga aylanadi.

Ya, yu yoki yo (ゃ, ゅ yoki ょ) belgilari i (い)tovushi bilan tugaydigan boshqa hiragana belgilariga qoʻshilishi mumkin. Bu i unli tovushini siljitib (palatalizatsiya) a, u yoki o ga oʻzgartiradi. Masalan, き (ki) + ゃ (kichik ya) きゃ(kya) ga aylanadi. Kichik y kana belgisining qoʻshilishi yōon deb ataladi.

Sokuon deb ataladigan kichik tsu っ belgisi oʻzidan keyin keluvchi undoshni ikkilantiradi. Yapon tilida bu talaffuzdagi muhim farqlanishga olib keladi; masalan,さか (saka) „tepalik“ bilan さっか (sakka) „muallif“ni solishtiring. Ammo sokuon n tovushini ikkilantira olmaydi. Bu maqsadda n tovushi bilan boshlanuvchi boʻgʻin oldiga n (ん) undoshi qoʻshiladi, masalan: みんな (minna, „barchasi“). Sokuon baʼzan soʻzlarning oxirida ham qoʻllanilishi mumkin, bu yerda u glottal toʻxtashni bildiradi: いてっ! ( [iteʔ], „Voy!“).

Ikki hiragana belgilari kontekstga bogʻliq turli talaffuzlarga ega:

  • は (ha) yuklama sifatida ishlatilganda [wa] kabi;
  • [he] kelishik sifatida ishlatilganda [e] deya talaffuz qilinadi.

Hiraganada choʻziq unlilarni ikkinchi kana unlisi qoʻshilishi bilan yoziladi; masalan, おかあさん (o-ka-a-sa-n, „ona“). Katakanada ishlatiladigan chōonpu (uzun unli belgisi) (ー) hiragana bilan kamdan-kam qoʻllaniladi, masalan, rāmen らーめん soʻzida, lekin bu foydalanish yapon tilida nostandart hisoblanadi. Biroq, Okinava tilida choonpu hiragana bilan ham ishlatiladi. Norasmiy yozuvda besh unli kana belgilarining kichik versiyalari baʼzan choʻziq tovushlarni ifodalash uchun ishlatiladi (はぁ, haa, ねぇ, nee).

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastavval hiragana oʻxshash tovushli xitoycha ierogliflarning soddalashtirilgan shakllari sifatida paydo boʻlgan.
Hiragana belgilarining shakllari Xitoy ierogliflarining kursiv yozuvidan (sōsho) olingan. Suratda 7-asr xattoti Sun Guotingning kursiv yozuvi namunasi koʻrsatilgan. Qizil oʻq bilan koʻrsatilgan 為 (wei) belgisi hiragana ゐ (wi) belgisiga juda oʻxshaydi.

Hiragana 5-asrda qoʻllanila boshlangan manʼyōgana - yapon tiliagi soʻzlar talaffuzi uchun qoʻllanilgan xitoy ierogliflaridan kelib chiqqan[7]. Manʼyōgananing eng qadimgi namunalari Inariyama Kofunda qazilgan temir qilich – Inariyama qilichida topilgan. Bu qilich 辛亥年 yilda (milodiy 471-yil deb qabul qilingan) yasalgan deb taxmin qilinadi[8]. Hiragana belgilarining shakllari Xitoy xattotligining kursiv yozuv uslubidan kelib chiqqan. Jadvalda hiragananing kursiv yozuv orqali manyōganadan kelib chiqqani koʻrsatilgan.

Hiragana ishlab chiqilgan vaqti koʻpchilik tomonidan qabul qilinmagan. Ziyolilar va elita qatlami faqatgina kanjining oʻzidan foydalanishni afzal koʻrardi . Tarixan, Yaponiyada odatiy yozuv (kaisho) shakli erkaklar tomonidan ishlatilgan va otokode (yaponcha: 男手?) „erkaklar yozuvi“ deb atalgan, kursiv yozuv (sōsho) shakli esa asosan ayollar tomonidan foydalanilgan. Shu sabab, hiragana dastavval erkaklar kabi taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻlmagan ayollar orasida ommalashd va saroy ayollari orasida shaxsiy muloqot va adabiyot vositasi sifatida keng qoʻllanildi[9]. Onnade (yaponcha: 女手?) „ayollar yozuvi“ nomi shundan kelib chiqadi[10]. Masalan, "Genji ertagi" romani kabi ayol mualliflarning asarlarida hiraganadan keng foydalanilgan. Bugungi kunda ham hiragana ayollik xususiyatiga ega deb talqin qilinadi[11].

Keyinchalik erkak mualliflar ham hiraganada yozishni boshlaydi. Hiragana norasmiy yozishma va xatlar uchun ishlatilsa, katakana va kanji esa rasmiy hujjatlarda ishlatilardi. Hozirgi vaqtda hiraganadan foydalanish katakana yozuvi bilan aralashib ketgan. Katakana hozirda chet tillaridan kirib kelgan yangi soʻzlar (19-asrdan boshlab), transliteratsiya qilingan ismlar, hayvonlarning nomlari, telegrammalar va maxsus urgʻu berish kabi qoʻllanishlarga yoʻnaltirilgan.

Dastlab, barcha boʻgʻinlar uchun bittadan koʻp muqobil hiragana belgilari mavjud edi. 1900-yilgi yapon yozuvi islohotida tizim soddalashtirilib, bir boʻgin uchun faqat bitta belgi qoldirildi. Foydalanilmay qoʻyilgan hiragana belgilari hozirda hentaigana (yaponcha: 変体仮名?) nomi bilan tanilgan.

Yozish tartibi va yoʻnalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quyidagi jadvalda har bir hiragana belgisini yozish tartibi koʻrsatilgan. Jadval yuqori oʻngdan boshlanib va ustun boʻylab pastga oʻqiladigan anʼanaviy tarzda tuzilgan. Raqamlar va oʻqlar mos ravishda yozish tartibini va yoʻnalishini koʻrsatadi.

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

  • Yujiro Nakata, Yapon xattotligi sanʼati, ISBN 0-8348-1013-1, onode va onnade rivojlanishi tarixi haqida maʼlumot beradi.
  1. Dual 大辞林
    「平」とは平凡な、やさしいという意で、当時普通に使用する文字体系であったことを意味する。 漢字は書簡文や重要な文章などを書く場合に用いる公的な文字であるのに対して、 平仮名は漢字の知識に乏しい人々などが用いる私的な性格のものであった。
    Translation: 平 [the „hira“ part of „hiragana“] means „ordinary“ or „simple“ since at that time [the time that the name was given] it was a writing system for everyday use. While kanji was the official system used for letter-writing and important texts, hiragana was for personal use by people who had limited knowledge of kanji.
  2. „Japanese calligraphy“ (en). Encyclopedia Britannica. Qaraldi: 2017-yil 22-iyun.
  3. 山田 健三 (Yamada Kenzō). „平安期神楽歌謡文献からみる「平仮名」の位置“ (Japanese). Qaraldi: 2022-yil 18-aprel.
  4. Richard Bowring. An Introduction to Modern Japanese: Book 1. United Kingdom: Cambridge University Press, 2004 — 9 bet. ISBN 978-0521548878. 
  5. Liu, Xuexin (2009). "Japanese Simplification of Chinese Characters in Perspective". Southeast Review of Asian Studies 31. 
  6. 6,0 6,1 6,2 See obsolete kana.
  7. Yookoso! An Invitation to Contemporary Japanese 1st edition McGraw-Hill, page 13 „Linguistic Note: The Origins of Hiragana and Katakana“
  8. Seeley (2000:19–23)
  9. Richard Bowring. An Introduction to Modern Japanese: Book 1. United Kingdom: Cambridge University Press, 2004 — 8 bet. ISBN 978-0521548878. 
  10. Hatasa, Yukiko Abe. Nakama 1: Introductory Japanese: Communication, Culture, Context 2nd ed.. Heinle, 2010 — 2 bet. ISBN 978-0495798187. 
  11. p. 108. Kataoka, Kuniyoshi. 1997. „Affect and letter writing: unconventional conventions in casual writing by young Japanese women“. Language in Society 26:103–136.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]