Hindiston turizmi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Uttar-Pradesh shtatidagi Agra shahrida joylashgan Toj Mahalga har yili 3 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyuradi.
Ladakhdagi Somorari.

Hindiston Turizmi-Hindiston iqtisodiyotining katta tarmogʻi.Butunjahon sayohat va turizm kengashi maʼlumotlariga koʻra,2011-yilda turizm Hindiston byudjetiga 121 milliard AQSh dollari miqdorida daromad oilb kelgan, bu esa mamlakat yalpi ichki mahsulotining 6,4 foizini tashkil qiladi.Ushbu tarmoqda 39,3 million kishi ishlaydi,shuningdek bu Hindistonning umumiy iqtisodiy faol aholisining 7,9 foizini tashkil qiladi.1990-2011-yillar oraligʻida Hindiston yalpi ichki mahsulotida turizm ulushi 229 foizga oshdi. Prognozlarga koʻra, yaqin oʻn yillikda Hindiston iqtisodiyotining ushbu sektori har yili oʻrtacha 7,7% ga oʻsishi mumkin[1].2011-yilda Butunjahon sayohat va turizm kengashi 2011-2021 yillar oraligʻida yillik oʻsish surʼati 8,8% ni tashkil etishini taxmin qilgan.Bu Hindistonga turizm sanoati jadal rivojlanayotgan mamlakatlar orasida beshinchi oʻrinni egallash imkonini berdi[2]. Hindistonda tibbiy turizm ham mavjud va 2015-yilga kelib yillik 30% o'sish bilan u taxminan 9500 krorga yetishi kutilgan edi.

2011-yilda Hindistonga qariyb 6,29 million chet ellik sayyoh tashrif buyurdi,bu 2010-yilga nisbatan 8 foizga koʻp,yaʼni sayyohlar soni 5,78 million kishini tashkil etdi. Shuningdek, Hindistonning barcha Shtatlari va ittifoqdosh hududlariga tashrif buyuradigan ichki sayyohlar soni 747,7 million kishini tashkil qiladi.Chet ellik sayyohlarning aksariyati AQSh (16 %) va Buyuk Britaniyadan (12,6%) keladi.2011-yilda Maxarashtra,Tamil Nadu va Dehli chet ellik sayyohlar orasida eng mashhur Shtatlarga aylandi.2011-yilda mahalliy sayyohlar orasida esa Uttar-Pradesh,Andxra-Pradesh va Tamilnadaga kabi shtatlar mashhur boʻldi[3].2011-yilda toʻrtta shahar yaʼni, Chennai, Dehli, Mumbay va Agra Hindistonning eng koʻp tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlik shaharlariga aylandi. Xalqaro reytingda Chennay chet ellik sayyohlar soni boʼyicha 41 — oʼrinni, Dehli 50 — oʻrinni, Mumbay 57 — oʻrinni, Agra esa 65-oʻrinni egalladi[4].

2011-yilda turizm narx siyosatida raqobatbardoshlik boʻyicha hisobotda Hindiston 139 ta oʻrindan 28-oʻrinni egalladi.Shuningdek, ushbu hisobotda Hindiston juda yaxshi havo transportiga egaligi (39-oʻrin),ayniqsa mamlakatning hozirgi rivojlanishi bilan normal quruqlik transportiga egaligi ham eslatib oʻtiladi (43-oʻrin).Biroq,turizm infratuzilmasining ayrim jihatlari hali ham rivojlanmagan.Mamlakatda aholi jon boshiga mehmonxona xonalari xalqaro standartlarga nisbatan juda kam,shuningdek, bankomatlarning past tarqalishi ham mavjud. Hindiston hukumati 150 ming mehmonxona xonasi yoʻqligi sababli mamlakat byudjeti juda kam mablagʻ olayotganligini aniqladi.

Hindiston Turizm vazirligi turizmni rivojlantirish va targʻib qilish boʻyicha milliy siyosatni ishlab chiqmoqda. Vazirlik oʻz faoliyati davomida turli manfaatdor tomonlar,bundan tashqari,markaziy vazirliklar va idoralar,shtat va ittifoq hududi hukumatlari,xususiy sektor bilan maslahatlashmoqda va hamkorlik qilmoqda. Shuningdek,qishloq,kruiz,tibbiy va ekologik kabi turizmning yangi turlarini targʻib qilish boʻyicha birgalikda harakatlar olib borilmoqda[5].Turizm vazirligi shu bilan birga Incredible India kampaniyasini ham qoʻllab-quvvatlaydi.

Hindistonning boy tarixi va madaniyati, shuningdek,geografik xilma-xilligi uning xalqaro turizmini jozibador qiladi.Hindistonda xalqaro turizm, boy meros va madaniy turizmdan tashqari, tibbiy,biznes va sport turizmi bilan ham taqdim etiladi.

Davlatlar va ittifoq hududlari bo'yicha turizm[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andhra Pradesh[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amarvati Stupa panoramasi - Janubiy Hindistondagi asosiy buddistlar ziyoratgohi. Amarvati miloddan avvalgi 500-yilda qurilgan. Ushbu stupa ohaktosh releflari va alohida turuvchi Budda haykallari bilan bezatilgan.
Tirumala Venkatesvara ibodatxonasining ko'rinishi.
Chorminor, Haydarobod
Rushikonda plyaji, Visakhapatnam .
Visakxapatnam tumanidagi Boyjannakondedagi toshga o'yilgan Budda haykali.
Ethipothala Sharsharasi.
Varangal tumanidagi Pakhal ko'li, Andxra-Pradesh.
Araku vodiysi, Sharqiy Ghats, Visakxapatnam.

Andxra-Pradeshda ko'plab go'zal tepaliklar, o'rmonlar, plyajlar va ibodatxonalar mavjud. Haydarobod, shuningdek, "Nizom shahri" va "marvaridlar shahri" nomi bilan ham tanilgan, bugungi kunda mamlakatning eng rivojlangan shaharlaridan biri va zamonaviy axborot texnologiyalari markazi, ITES (Information Technology Enabled Service), biotexnologiya markazi sifatida ham mashhur. Haydarobod o'zining boy tarixi, madaniyati, me'morchiligi va ko'p tilligi bilan ham mashhur bo'lib, su bilan birga shaharning o'ziga xos xarakterini Shimoliy va Janubiy Hindiston uchun uchrashuv joyi sifatida ifodalaydi.

Andhra Pradeshda ko'plab diniy ziyorat markazlari joylashgan:

  1. „India: How does Travel & Tourism compare to other sectors?“. World Travel and Tourism Council (2012-yil 17-sentyabr). 2012-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-dekabr.
  2. „Travel & Tourism 2011“ 26. World Travel and Tourism Council (2011-yil 4-noyabr). 2013-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-dekabr.
  3. „India Tourism Statistics at a Glance“. Market Research Division, Ministry of Tourism, Government of India (2012-yil 23-iyul). 2013-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-dekabr.
  4. „Top 100 Cities Destination Ranking“. Euromonitor International (2013-yil 21-yanvar). 2013-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-yanvar.
  5. „Annual Report 2009–10“. Ministry of Tourism, Government of India (2010-yil 6-aprel). 2012-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 30-dekabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Путеводитель «Индия» в Викигиде