Hikotih

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hikotih, C|0H14N2 — alkaloid, oʻziga xos hidli, moysimon, uchuvchan, rangsiz suyuklik. Qaynash temperaturasi 247°, havo taʼsirida qoʻngʻir tusga kiradi. Suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriy-di, kuchli asos. Tamaki va baʼzi boshqa oʻsimliklar tarkibida boʻladi. Ilk bor Yevropaga tamakini fransuz diploman-ti J. Niko (shu sababli oʻsimlik Nicotiana tabacum, alkaloidi nicotine deb nomlangan) olib kelgan (1560). N. 1828 yilda oʻsimlikdan ajratib olingan, 1904 yilda esa shveysariyalik kimyogar A. Pikte sintez yoʻli bilan olgan. N. kuchli zahar, uning bir necha tomchisi (200 g tamakidagi 100–200 mg miqdori) kishini oʻldirishi mumkin. Odam N.dan zaharlanganda koʻngli ayniydi, koʻsadi, ichi ketadi, nerv sis-temasi, nafas va yurak faoliyatining buzilishi kabi salbiy oqibatlar ke-lib chiqadi. N. sulfatning 40%li suvdagi eritmasi va tamakining suvdagi ekstrakti qishloq xoʻjaligida insektitsid sifatida qoʻllanadi. Sanoatda N.dan nikotin kislota olinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil