Kontent qismiga oʻtish

Oʻylar, hikmatlar, naqllar, sheʼrlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Hikmatlar (Beruniy)dan yoʻnaltirildi)
Oʻylar, hikmatlar, naqllar, sheʼrlar
Muallif(lar) Abu Rayhon Beruniy
Janr(lar)i oʻylar, hikmatlar, naqllar, sheʼrlar
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1973
Sahifalar soni 104

Oʻylar, hikmatlar, naqllar, sheʼrlar“ – Abu Rayhon Beruniy oʻylari, hikmatlari, naqllari va sheʼrlari toʻplami. Toʻplamni Abdusodiq Irisov tuzib, nashrga tayyorlagan. Asar 1973-yil – Beruniy tavalludiga 1 000 yil toʻlganda eʼlon qilingan. Toʻplam Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. „Oʻylar, hikmatlar, naqllar, sheʼrlar“ Beruniyning Oʻzbekistonda chop etilgan oz sonli asarlaridan biri boʻlib, ayrim oliy taʼlim muassasalarining tavsiya qilingan adabiyotlari roʻyxatlaridan oʻrin olgan[1].

Toʻplam uchun Irisov keng koʻlamli kirish soʻz yozgan. Kitob „Oʻylar, hikmatlar“ hamda „Naqllar, sheʼrlar“ boʻlimlaridan iborat. Asarga kiritilgan iqtiboslar Beruniyning oldin chop etilgan bir necha asaridan, jumladan, „Tanlangan asarlar“, „Hindiston“ (1965), „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ (1968) asarlaridan olingan. „Mineralogiya“ asaridan olingan iqtiboslarni esa Irisovning oʻzi arab tilidan oʻgirgan[2].

  1. „Бўлажак шифокор талабалар учун бадиий адабиётларни тавсиявий рўйхати“. Toshkent tibbiyot akademiyasi (2017). Qaraldi: 11-mart 2025-yil.
  2. Ирисов, Абдусодиқ. Ўйлар, ҳикматлар, нақллар, шеърлар. Тошкент: Ёш гвардия, 1973 — 15-bet. Qaraldi: 11-mart 2025-yil.