Hikmatilla Ubaydullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ubaydullayev Hikmatilla Shuhratillaevich
 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot kotibi
Mansab davri
2019-yil 14-fevral
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 22-iyul 1996-yil (1996-07-22) (27 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasi
Maʼlumoti O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hikmatilla Ubaydullayev Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz tili fakulteti va Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining yuqori jurnalistika kurslarini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini BMTning Oʻzbekistondagi Axborot markazida boshlagan. Shuningdek, „Oʻzbegim Taronasi“ radiosida muxbir, Milliy TV nodavlat musiqiy va koʻngilochar telekanalida muharrir lavozimlarida ishlagan.

2018-yil aprel — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati huzuridagi Media markazining Media manbalarini monitoring qilish hamda  takomillashtirish guruhining yetakchi mutaxassisi.

2018-yil iyul — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati huzuridagi Media markazining ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar, jamoatchilik bilan aloqalar va davlat boshqaruvi bilan aloqalar boʻyicha yetakchi mutaxassisi. [1][2]

2018-yil dekabr — Choʻlpon nomidagi Nashriyot-matbaa ijodiy uyining matbuot kotibi.

2019-yil fevral oyidan boshlab Ubaydullayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati rahbari.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]