Hifumi Abe

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hifumi Abe
Hifumi Abe at the 2018 World Judo Championships.jpg
Jinsi erkak
Tugʻilgan paytidagi ismi yaponcha: 阿部一二三
Fuqaroligi Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Qaysi sport dzudo
Klubi Park24
Tavallud sanasi 9-avgust 1997-yil (1997-08-09) (25 yosh)
Tavallud yeri Kobe, Yaponiya
Murabbiylari Satoru Ebinuma
Kōsei Inoue
Vazni 66 kg
Sport mukofotlari
Yozgi Olimpiada oʻyinlari
Oltin Tokio 2020 66 kg
Kumush Tokio 2020 aralash jamoa
Dzudo bo'yicha Jahon chempionati
Oltin Budapesht 2017 66 kg
Oltin Boku 2018 66 kg
Bronza Tokio 2019 66 kg
Oltin Toshkent 2022 66 kg

Hifumi Abe (yaponcha: 阿部一二三; tugʻ. 1997-yil 9-avgust, Kobe, Yaponiya) — yaponiyalik dzudochi, 4-dan dzudo, 66 kg gacha vazn toifasida, Yaponiya terma jamoasi aʼzosi. Ikki karra Jahon chempioni. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada o'yinlari chempioni va kumush medali sovrindori. Xuddi shu Olimpiadada uning singlisi Uta Abe oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dzudoni 6 yoshida Hyogo Boys Kodamakaida, televizorda dzudo musobaqalarini tomosha qilgandan, keyin boshlagan.[1] Abe yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ikkita kumush medalni qoʻlga kiritdi, avvaliga 2014-yilda 18 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida, keyin esa 2014-yilda Fort-Loderdeylda 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada. Oʻsha yili u Londonda Yozgi Olimpiadasining bronza medali sovrindori va uch karra Jahon chempioni Masashi Ebinumani magʻlub etib, Kanō Jigorō kubogini qoʻlga kiritib, oʻzining birinchi yirik xalqaro turnirida gʻolib chiqdi.

2016-yilgi Yaponiya chempionatida u yarim finalda yana Masashi Ebinumani magʻlub etdi va keyin chempionlikni qoʻlga kiritdi. Ushbu gʻalabaga qaramay, Rio-de-Janeyrodagi (Braziliya) Yozgi Olimpiada o'yinlarida Yaponiya bayrogʻini himoya qilish uchun aynan Masashi Ebinuma tanlangan edi.[2] Oʻsha yili iyulda Abe Tyumenda (Rossiya) boʻlib oʻtgan „Katta dubulgʻa“ turkumidagi yangi turnirda gʻolib chiqdi, yil oxirida esa Kanō Jigorō kubogini qoʻlga kiritdi.[3]

2017-yilning fevral oyida u Parij (Fransiya) turniri tarixidagi eng yosh gʻolibga aylandi. Oʻsha yili Budapeshtda (Vengriya) boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida u barcha raqiblarini magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Yil oxirida u uchinchi Kanō Jigorō kubogini qoʻlga kiritdi.

2018-yilda u Yekaterinburgda (Rossiya) boʻlib oʻtgan „Katta dubulgʻa“ turnirida gʻolib chiqdi,[4] keyin esa 2015-yildan beri birinchi marta Zagreb (Xorvatiya) Gran-prisida mongoliyalik sportchi Altansuxi Dovdonga yutqazdi. Oʻsha yili Bokuda (Ozarbayjon) boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 66 kg gacha vazn toifasida finalda barcha janglarida gʻalaba qozonib, Jahon chempionatida ikkinchi oltin medalni qoʻlga kiritdi.[5]

2019-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Olimpiada oldidan Jahon chempionatida u bronza uchun bahsda italiyalik sportchi Manuel Lombardoni magʻlub etib, bronza medalini qoʻlga kiritdi.

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida u 66 kg gacha vazn toifasida final bahsida gruziyalik Vazha Margvelashvilini magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.[6]

Bosqich Raqib Harakatlar Natija Raqib Harakatlar
1/8 Hifumi Abe O-soto-gari (5:27) — ippon 10-0s2 Kilian Le Blouch
(Fransiya)
Passivlik (2:19) — sido
Passivlik (4:39) — sido
1/4 Hifumi Abe O-soto-gari (3:41) — vaza-ari 1-0s1 Yondonperenlein Baskhüü
(Mongoliya)
Passivlik (3:18) — sido
yarim final Hifumi Abe Ippon seoi nage (2:25) — ippon 10-0 Daniel Cargnin
(Braziliya)
Final Hifumi Abe O-soto-gari (1:50) — vaza-ari 1-0 Vazha Margvelashvili
(Gruziya)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. arxiv nusxasi, 2021-07-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-31
  2. http://www.100judo.com/post/japan-announces-team-for-rio-ono-is-in
  3. http://www.judoinside.com/news/1515/Wonderboy_Abe_remains_unbeaten_at_Grand_Slam_level
  4. „Le Japon voit double au Grand Slam d'Ekaterinbourg“ (fr). euronews (17-mart 2018-yil). 2-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-oktabr 2018-yil.
  5. „Mondiaux 2018 - Après sa soeur Uta, Hifumi Abe (-66 kg) en or aussi“. Eurosport (21-sentabr 2018-yil). 2-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-oktabr 2018-yil.
  6. https://www.olympedia.org/athletes/2103742