Hideki Tojo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Todzio Xideki (1884.30.12 Tokio — 1948.23.12) — Yaponiyaning bosh harbiy jinoyatchilaridan biri, general. 1915 yildan yapon armiyasida rahbarlik lavozimlarida. 1937—38 yillarda Yaponiyaning Kvantun armiyasi shtabi boshligʻi. 1938—39 yillarda harbiy vazir muovini. 1940 y. iyul — 1941 y. okt.daharbiy vazir. 1941 y. okt. — 1944 y. iyulda bosh vazir va ayni vaqtda harbiy vazir. Yaponiyaning fashistlar Germaniyasi va Italiya bilan ittifoqining tarafdori boʻlgan. Fashistlar Olmoniyasining SSSRga qarshi urushida faol yordam bergan. 1941 y. Tinch okeanidagi urushning ochilishida katta rol oʻynagan. Uzoq Sharq uchun tashkil etilgan Xalqaro harbiy tribunalning qaroriga koʻra, qatl etilgan.[1]

Manbalar[tahrir]