Henri de Toulouse-Lautrec

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Henri de Toulouse-Lautrec (1864.24.11, Albi 1901.9.9, Malrome, Bordo yaqinida) — fransuz rassomi, postimpressionizmning yirik namoyandasi. 1881 yildan asosan Parijda yashagan, L. Bonn va 1884 yildan F. Kormondan taʼlim olgan. E. Dega, yapon gravyurasidan taʼsirlangan. Ilk asarlaridayoq oʻta individual obrazlar yaratdi (E. Bernar portreta, 1885, Teyt galereyasi, London). 1880-yillarning 2yarmidan ziyolilar, oddiy kishilarning hayoti va ermaklarini, Parij teatrlari, raqs zallari, kabare, sirk lavhalarini yaratdi, portret va kompozitsiyalarida kinoyali, oʻta fosh etuvchanlik ruhi namoyon boʻldi: "MulendelaGalettdagi bal", 1889; "MulenRujdagi raqs", 1890; "MulenRujda", 1892; "Xonanda Ivett Gilber", 1894; "DeMulen koʻchasidagi salonda", 1894—95 va boshqa Uning kalamtasvirining oʻtkirligi teatr afishalarida oʻz ifodasini topgan. Shuningdek, qalamtasvirining yengil va oʻynoqiligi, tanlangan ranglar yorqinligi bilan eʼtiborni tortadi ("Aristad Bryuan oʻz kabaresida", 1892; "Janna Avril", 1893 va boshqalar). Uslubiy izlanishlar T.L.ni modernizmga yaqinlashtirdi, bu grafika asarlari (ayniqsa, rangli litografiyalar)da koʻzga tashlanadi. Koʻplab rasmlari va litografiya turkumlari jonli, taʼsirchanligi, mubolagʻali sharjlari bilan diqqatga sazovor. Albi shahrida T.L. muzeyi tashkil qilingan.