Heliopolis jangi
Heliopolis jangi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Musulmonlarning Misrga istilosining bir qismi (Arab–Vizantiya urushlari) | |||||||
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Roshidun xalifaligi | Vizantiya imperiyasi
| ||||||
Kuchlar | |||||||
12,000 dan kam | katta ehtimol bilan 20,000 yoki undan ortiq |
Heliopolis yoki Ayn Shams jangi 640-yilda arab musulmon qoʻshinlari hamda Vizantiya kuchlari oʻrtasida Misr nazoratini qoʻlga olish uchun kechgan hal qiluvchi jang. Bu jangdan keyin bir nechta kichik toʻqnashuvlar boʻlib oʻtgan boʻlsa-da, aynan shu jang Vizantiya hukmronligining Misrdagi taqdirini hal qilib berdi va musulmonlarning Vizantiyasi Afrikasidagi Eksarxatini zabt etishiga yoʻl ochdi.
Islom fathlari haqida maʼlumot
[tahrir | manbasini tahrirlash]632-yil 8-iyunda paygaʼmbar Muhammad vafot etgach, islom butun Arabiston yarim orolini amalda birlashtirgan edi. Keyingi 12 yil ichida dastlabki ikki xalifa hukmronligi ostida Islom xalifaligi vujudga keldi va bu xalifalik Sosoniylar imperiyasining barcha hududlarni va Vizantiya imperiyasining sharqiy hududlarini qoʻlga kiritdi. Musulmon xalifaligi kengayishda davom etdi va VIII asr boshlariga kelib, gʻarbda Atlantika okeanidan sharqda Markaziy Osiyoga qadar kengaydi.
Birinchi xalifa Abu Bakr hukmronligi davrida yangi islom davlatining qulashiga sabab boʻladigan tartibsizliklar va qoʻzgʻolonlarning oldini olish uchun kuch ishlatildi va Sosoniylar imperiyasi hududiga dastlabki bosqinlar uyushtirildi. Ammo qoʻshni imperiyalarga qilingan har tomonlama hujum ikkinchi xalifa Umar boshqaruvi ostida amalga oshirildi. Mintaqaning ikki anʼanaviy asosiy kuchi Vizantiya va Sosoniylar imperiyasi 20 yildan ortiq davom etgan toʻqnashuvlarda bir-birini izdan chiqargan edi. 630-yillarga kelib, Sosoniylar Fors imperiyasi fuqarolar urushiga botgan, Vizantiya esa yoshi oʻtgan imperator Herakleios boshchiligida eski raqibiga qarshi kurashda ishchi kuch va resurslarini yoʻqotib, yangi qayta zabt etilgan sharqiy viloyatlarida hokimiyatini tiklashga qiynalayotgan edi. Ikki davlat shu tariqa jiddiy ichki tartibsizliklar girdobida edi va shu sababli ham musulmon yerlarining kengayishini toʻxtata olmadi, ularning birinchi zarbalaridan oʻzlarini tiklay olmadi. Biroq xalifa Umarning boshidanoq Sosoniylar va Vizantiya imperiyalarini zabt etishni maqsad qilganligi yoki faqatgina ularni bostirishga harakat qilib, imperiyaning zaifligini sezgach, toʻliq hujumga oʻtganligi nomaʼlum[1].