Helen Ward (futbolchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Helen Ward
Helen Ward. 2015-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Helen Jane[1] Ward
Tavallud sanasi 26-aprel 1986-yil (1986-04-26) (37 yosh)
Tavallud joyi Brent, Angliya
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Watford
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Watford
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
0000-2009 Watford
2009-2010 Arsenal[2] 27 (8)
2010-2013 Chelsea 41 (12)
2013-2017 Reading 27 (11)
2017- Watford 37 (20)
2021London Bees (loan) 4 (0)
Milliy terma jamoa
2007 England U23 1 (0)
2008- Wales[3] 100 (44)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2019-yil, 19-noyabr uchun)

Helen Jane Ward (née Lander; 1986-yil 26-aprelda tugʻilgan) — ayollar futbolida xalqaro darajadagi hujumchi. Hozirda FA Womenʼs Championshipdagi, Watford Women ayollar jamoasida oʻynaydi. Ward 2010-yilda „Arsenal“ jamosida oʻynaganidan soʻng, „Chelsea Ladies“da uch mavsum oʻtkazgan. Londonning Brent tumanida tugʻilgan Ward, futboldagi faoliyatini 14-yil oldin " Watford Ladies "da boshlagan. U jamoada koʻplab gollar muallifi hamda jamoa sardori boʻlgan.

Ward 2007-yilda Angliyaning 23 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy futbol jamoasida oʻynagan, ammo 2008-yildan Wales terma jamoasini sharafini himoya qilishni boshlagan. U 44 ta gol bilan Wales terma jamoasining barcha vaqtlarda eng koʻp gol urgan futbolchi hisoblanadi.

Klubdagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ward oʻz faoliyatini " Watford Ladies "da boshlagan. U bu jamoaga toʻqqiz yoshida qoʻshilgan va keyinchalik klub sardori boʻlishga erishgan. U 2009-yilning yanvar oyida „Arsenal Ladies“ ga safiga qoʻshildi va oʻsha oyning oxirida „Arsenal“ jamoasi „FA Womenʼs Cup“ doirasida "Colchester United " jamoasi magʻlub etilganida debyut golini kiritgan.[4][5]

Ward 2010-yil sentabrida „Chelsea Ladies“ga oʻtadi.[6]

2013=yil dekabr oyida Ward „Chelsi“dan „Reding“ga oʻtishini eʼlon qildi. U yerda u „Arsenal“ va Walesdagi sobiq jamoadoshi, „Reding“ jamoasi menejeri boʻlgan Jayne Ludlow bilan shartnoma imzoladi.[7] Ward 2015-yilgi FA WSL 2-mavsumi oldidan, 2014-yil sentabr oyida qizi Emily tugʻilganidan keyingina mashgʻulotlarga yana qaytdi.[8]

2017-yilning 8-fevralida WardFA WSL 1 dagi yangi klub hisoblangan Yeovil Town Ladies jamoasiga qoʻshildi[9], ammo ikkinchi farzandiga homiladorligini eʼlon qilib, shartnomasini bekor qilishga majbur boʻladi.[10]

Hujumchi 2017—2018-yilgi mavsum oldidan oʻz uyi „Wattford FC Ladies“ safiga qoʻshiladi va klub bilan 2018—2019-yilgi mavsum oldidan shartnomani uzaytirdi.[11]

2021-yil fevral oyida Ward London Bees jamoasiga qisqa muddatli ikki tomonlama shartmona evaziga qoʻshiladi.[12]

Xalqaro darajadagi oʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil iyul oyida Ward, Nordic Cup doirasida, <a href="https://en.wikipedia.org/wiki/England_womenʻs_national_under-23_football_team" rel="mw:ExtLink" title="England womenʻs national under-23 football team" class="cx-link" data-linkid="196">England womenʼs national under-23 football team</a>da,Finlandiyadan 4:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda zaxiradan maydonga tushib, 10 daqiqa oʻynaydi.[13]

Ward Angliyani 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar safida oʻyinlar oʻtkazgan, ammo bobosi Waleslik boʻlganligi sabab[3] Wales terma jamoasi safida 2008-yilning 30-sentyabrida <a href="https://en.wikipedia.org/wiki/Luxembourg_womenʻs_national_football_team" rel="mw:ExtLink" title="Luxembourg womenʻs national football team" class="cx-link" data-linkid="201">Luxembourg</a>ga qarshi oʻyinda debyut qiladi. Wales 6:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda, Ward ikkinchi golni oʻz hisobiga yozib qoʻyadi.[14]

2010-yil avgust oyida Ozarbayjon ustidan 15:0 hisobida gʻalaba qozongan Wales terma jamoasining oltita golli Ward mualliflik qiladi. Bu paytda u „Chelsea“ klubi futbolchisi sifatida qayd etilgan.[15] Ward 2013-yil sentabr oyida Belariusga qarshi oʻyinda 50-oʻyinini oʻtkazganida, xalqaro maydonlarda 30 ta gol urishiga erishgan edi.[16] 2021-yil oktabr holatiga koʻra, Ward 99 ta oʻyinda 44 ta gol urgan holda Wales terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar oʻyinchi sifatida qayd etilgan.[17][18][19]

2022-yil 8-aprelda Uord 2023-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichida Fransiyaga 2:1 hisobida magʻlub boʻlib, Uels terma jamoasi uchun 100-uchrashuvini oʻtkazdi.[20]

Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „List of Players under Written Contract Registered Between 01/10/2009 and 31 October 2009“. The Football Association. Qaraldi: 2010-yil 2-oktyabr.
  2. „Statistics 2008–2009“. Arsenal F.C.. Qaraldi: 2014-yil 8-iyun.
  3. 3,0 3,1 „International Teams – Helen Lander“. The Football Association of Wales. 2014-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-iyun.
  4. „20. Helen Lander“. Arsenal F.C.. 2010-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 13-avgust.
  5. Leighton. „FA Women's Cup round four review“. BBC Sport (2009-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 8-iyun.
  6. „Women's weekly“. Chelsea F.C.. 2014-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-iyun.
  7. „Helen Ward Joins Reading“. She Kicks (2013-yil 1-dekabr). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-dekabr.
  8. „Strikers / Helen Ward“. Reading F.C. Women. Qaraldi: 2015-yil 18-fevral.
  9. „Welsh International Helen Ward joins for Spring Series“. Yeovil Town L.F.C. (2017-yil 8-fevral). Qaraldi: 2017-yil 8-fevral.
  10. „Helen Ward: Pregnant Wales striker to miss Yeovil Town Ladies' season“. BBC Sport (2017-yil 24-mart). Qaraldi: 2017-yil 29-mart.
  11. „Ladies: Helen Ward Signs“. Watford FC (2018-yil 16-iyul). 2018-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-avgust.
  12. „Experienced Striker Helen Ward joins on short-term basis to boost Bees“. London Bees (2021-yil 6-fevral). Qaraldi: 2021-yil 6-fevral.
  13. „Emma & Helen Get Capped“. Watford Ladies Football Club (2007-yil 22-iyul). 2013-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr.
  14. „Wales hit Luxembourg for six“. Women's Soccer Scene (2008-yil 1-oktyabr). 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 29-sentyabr.
  15. „Wales run riot against Azerbaijan“. Women's Soccer Scene. 2021-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-iyun.
  16. Newson. „Chelsea Ladies striker Helen Ward says she has no regrets after choosing to play for Wales instead of England“. Watford Observer (2013-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 7-noyabr.
  17. „Wales 4-0 Estonia Women“. BBC Sport.
  18. „Watford striker and Wales' all-time leading scorer Helen Ward on turning down England, juggling football and family and retiring after Euro 2021 (or maybe not!)“. News Chain (2019-yil 19-dekabr). 2020-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-avgust.
  19. „Ward ready for her 100th Wales cap“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2022-yil 8-aprel.
  20. „Women: Ward Reaches 100 Caps For Wales!“. Watford F.C. (2022-yil 9-aprel).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]