Kontent qismiga oʻtish

Hekimogʻlu Ali posho masjidi

Koordinatalari: 41°0′22.17″N 28°56′5.90″E / 41.0061583°N 28.9349722°E / 41.0061583; 28.9349722
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Hekimogʻlu Ali posho masjidi
turkcha: Hekimoğlu Ali Pasha Mosque
Hekimogʻlu Ali posho masjidi
Mamlakat  Turkiya
Shahar Istanbul
Joylashuvi Fotih tumani
Koordinatalar 41°0′22.17″N 28°56′5.90″E / 41.0061583°N 28.9349722°E / 41.0061583; 28.9349722
Meʼmoriy uslub klassik Usmoniylar meʼmorchiligi
Meʼmor Chuhadar Umar ogʻa,
Hoji Mustafo
Binokorlik sanasi 1735-yil

Hekimogʻlu Ali posho masjidi (turkcha: Hekimoğlu Ali Paşa Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri, Fotih tumanidagi masjid. 1730-yillardan 1750-yillargacha bir necha marta sadr vaziri boʻlib xizmat qilgan Hekimogʻlu Ali posho buyrugʻiga binoan qurdirilgan[1]. Qurilish ishlari 1734–1735-yillarda nihoyasiga yetkazilgan[2]. Masjid kattaroq külliyening bir qismi hisoblanadi va u yerda masjid asoschisi Hekimogʻlu Ali poshoning qabri ham joylashgan. Bino meʼmorlari Chuhadar Umar ogʻa va Hoji Mustafo ogʻa boʻlgan[3].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid majmuasi Usmoniylar meʼmorchiligida oʻtish davrida bunyod qilingan. Masjid klassik Usmoniylar meʼmorchiligining soʻnggi yirik yodgorligi boʻlib, 1740-yillarda Usmonli barokko uslubining yuksalishidan oldinroq, Lola davri bosqichining tugashini belgilab bergan[4]. Shu sababli bino XVI asrda klassik uslubda qurilgan masjidlar kabi qurilgan va oʻsha davrdagi yangi yoʻnalishlarning baʼzi elementlarini oʻzida namoyon etadi[2]. Bino klassik uslubda qurilgan soʻnggi masjid hisoblanadi. Binoning markaziy gumbazi masjid atrofida oltiburchak shaklda joylashgan olti asosiy ustunga tayanadi[5].

Masjid xonaqoh, türbe (maqbara), shodirvon, kutubxona, sevil va maktabxonadan iborat külliye majmuasining bir qismini tashkil qiladi[6]. Ushbu inshoot Usmoniylar meʼmorchiligining Lola davri bosqichiga oid soʻnggi yirik yodgorlik hamda klassik Usmoniylar uslubining soʻnggi namunasi hisoblanadi[5]. Masjid yaqin oʻrtada joylashgan Cerrah posho masjidiga (XVI asr oxiri) juda oʻxshaydi[4]. Majmuaning asosiy darvozasi tepasida kutubxona joylashgan boʻlib, avvalgi davrlarda bunday gʻayrioddiy qurilish usulidan foydalanilmagan[4]. Bundan tashqari, bino joylashgan koʻchaning burchagida, masjid asoschisining qabri yonida turli bezaklar bilan ishlov berilgan sevil joylashgan[4].

Masjidning markaziy gumbazini oltita ustun koʻtarib turadi. Ushbu ustunlar oltiburchak shaklda joylashtirilgan boʻlib, ularning orasidagi boʻshliqlar yarim gumbazlar bilan toʻldirilgan[5]. Masjidning ichki qismi yorugʻ boʻlib, Tekfursaray pechida tayyorlangan koshinlar bilan bezatilgan[7]. Masjiddagi koshinlarning bir guruhi al-Masjid al-Harom masjidining tasviri bilan bezatilgan boʻlib, bu narsa oʻsha davrda keng tarqalgan dekorativ uslublardan biri hisoblangan[4].

  1. Somel, Selcuk Aksin. The A to Z of the Ottoman Empire (en). Scarecrow Press, 2010 — lxxx-lxxxi-bet. ISBN 978-1-4617-3176-4. 
  2. 2,0 2,1 Rüstem 2019.
  3. Çobanoğlu. „HEKİMOĞLU ALİ PAŞA KÜLLİYESİ“ (tr). TDV İslâm Ansiklopedisi (1998). Qaraldi: 2022-yil 27-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Goodwin 1971.
  5. 5,0 5,1 5,2 Kuban 2010.
  6. „About Hekimoghlu Ali Pasha Mosque“. 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 11-fevral.
  7. Carswell 2006.