Heinrich Schliemann
Qiyofa
Heinrich Schliemann (talaffuzi: Genri Shliman; 1822. 6.1— 1890.26.12) — nemis arxeologi. 1863-yil tijorat ishlarini tashlab Gomer dostonidagi yerlarni axtarish bilan shugʻullangan. 1869-yil qadimiy Troya oʻrni Kichik Osiyodagi Hisorlik (Gissarlik) tepada boʻlgan degan fikrni bildirgan. U yerda 1870-73, 1878-79, 1882-83, 1889-90 yillarda, shuningdek, Mikena (1876), Itaka o. (1878), Orxomen (1880-86), Tirinf (1884-85) da qazish ishlari olib borgan. Sh. Gomer dostoni faktik asosga ega ekanligini isbotlagan, shuningdek, egey madaniyati (kritmiken madaniyati)ni ochgan. Bu madaniyat Sh. vafotidan soʻng G.Evans tomonidan tadqiq etilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |