Kontent qismiga oʻtish

Heinrich Lübke

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Karl Heinrich Lübke
 GFR federal prezidenti
Mansab davri
13-sentabr 1959-yil – 30-iyun 1969-yil
Hukumat boshligʻi Konrad Adenauer
Lyudvig Erxard
Kurt Georg Kizinger
Oʻtmishdoshi Teodor Xoys
Vorisi Gustav Xayneman
 GFR oziq-ovqat, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vaziri
Mansab davri
20-oktyabr 1953-yil – 15-sentabr 1959-yil
Hukumat boshligʻi Konrad Adenauer
Oʻtmishdoshi Vilgelm Niklas
Vorisi Verner Shvarts
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Zundern, Xoxzauerlend, Arnsberg, Germaniya
Vafoti 6-aprel 1972-yil(1972-04-06)
(77 yoshda)
Bonn, GFR
Fuqaroligi Olmoniya bayrogʻi Olmoniya
Millati nemis
Siyosiy partiyasi XDS
Boshqa siyosiy
birlashmalari
Markaz partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Vilgelmina Lübke (1885—1981) 1930-yildan
Bolalari yoʻq
Onasi Karolina Lübke (1859—1922)
Otasi Fridrix Vilgelm Lübke (1855—1902)
Taʼlim Bonn Universiteti
Dini katolik cherkovi
Mukofotlari Garnaka medali (1964)
Dafn etilgan joyi Enxauzen qabristoni
Imzosi
Vebsayti http://www.heinrichluebke.de/
Mansubligi Germaniya Imperiyasi armiyasi
Natsislar armiyasi
Xizmat yillari Germaniya imperiyasi (1914-1918)
Veymar Respublikasi (1918)
Natsislar Germaniyasi
Unvoni Zaxiradagi kapitan

Karl Heinrich Lübke (talaffuzi: Karl Haingʻich Lubkoʻ; tinglash; 1894-yil 14-oktyabr, Enkxauzen, Shimoliy Reyn-Vestfaliya1972-yil 6-aprel, Bonn) — Gʻarbiy Germaniya davlat arbobi, Germaniya Federal prezidenti (19591969).

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Braziliya pochta markasi, 1964-yil

Yoshlik yillari va Veymar Respublikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Etikdoʻz Fridrix-Vilgelm Lübkening oilasidagi ettinchi oʻgʻli boʻlib dunyoga kelgan. Sakkiz yoshida uning otasi vafot etadi. Uning ukasi Fridrix Vilgelm Lübkening 1951-1954-yillarda Shlezvig-Golshteyn bosh vaziri boʻlgan.

1913-yilda oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, u Bonndagi Qishloq xoʻjaligi akademiyasida geodeziya, qishloq xoʻjaligi muhandisligi boʻyicha oʻqishni boshladi. 1914-yil avgust oyida Birinchi jahon urushi frontiga koʻngilli sifatida qatnashish uchun oʻqishni toʻxtatadi. Avval 7-sonli Vestfaliya piyoda artilleriya polkida boshlangʻich tayyorgarlikdan oʻtdi va shu polk bilan sharqiy va gʻarbiy frontlarga yuborildi. 1916-yilda serjant unvonini oldi. Urushda gaz hujumiga uchraganidan soʻng, dala kasalxonasiga tushadi. 1917-yilda leytenant unvoniga koʻtarildi va 52-zaxira divizionida batareya boshligʻining oʻrinbosari etib tayinlandi. Keyinchalik u xabarchi boʻldi va Pashendeyle jangida qatnashdi. Urush tugashi arafasida Armiya Bosh qoʻmondonligiga oʻtkazildi.

1918-yil dekabrda oʻqishni davom ettirdi va 1921-yilda yer tuzish va melioratsiya muhandisi mutaxassisligi boʻyicha oʻqishni tugatdi. 1921-1924-yillarda Myunster va Berlinda iqtisod boʻyicha tahsil oldi. 1921-yildan 1922-yilgacha Myunsterdagi Vestfaliyadagi ijarachilar va koʻchmanchilar ittifoqida ishlagan. 1922-yil oktyabrdan kichik fermer xoʻjaliklari imperator uyushmasining boshqaruvchi direktori (1925 yildan oʻrta korxonalar ham). 1924-yildan boshlab esa bir vaqtning oʻzida Germaniya yer islohoti uyushmasi ijroiya kengashi aʼzosi boʻldi. 1926-yilda nemis dehqonlari ittifoqining boshqaruvchi direktori boʻldi. 1927-yildan boshlab „Siedlungsgesellschaft Bauernland AG“ kompaniyasining boshqaruvchi direktori sifatida ishladi.

Uchinchi Reyx

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1932-yildan 1933-yilgacha nemis Markaz partiyasidan Prussiya Landtagi aʼzosi boʻlgan, 1932-yil aprel oyida esa Prussiya parlamentiga saylangan. 1933-yil oktyabrda xalq vakillari tarqatib yuborilib, 1934-yil yanvarda butunlay tugatildi. Milliy sotsialistlar bosimi ostida 1933-yil iyul oyida u Germaniya dehqonlari ittifoqidagi, 1934-yil mart oyida esa ijarachilar va koʻchmanchilar ittifoqidagi lavozimidan isteʼfoga chiqdi. 1934-yilning fevralida milliy sotsialistlar Lübkeni korrupsiyada ayblab unga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻadilar. U hibsga olinib, 20 oydan keyingina hibsdan ozod qilindi. 1937-yilning yoziga qadar u Flensburgda katta akasi Fridrix Vilgelm Lübkening fermasida yashadi (Fridrix Vilgelm Lübke 1951-1954-yillarda Shlezvig-Golshteyn bosh vaziri boʻlgan). 1937-1939-yillarda Berlindagi Quyi Saksoniya uy-joy qurilish kompaniyasida katta xodim boʻlib ishlagan va zahiradagi ofitser sifatida Vermaxtda uchta harbiy mashgʻulotlaarda qatnashgan va zahiradagi leytenant unvonini olgan. 1942-yil zaxira kapitanligiga koʻtarildi.

1939-yildan 1945-yilgacha „Imperator poytaxtining bosh qurilish inspektori“ Albert Shpeer ixtiyorida boʻlgan Valter Shlempning arxitektura va muhandislik idorasida geodez va maydon boshqaruvchisi boʻlib ishlagan. Kontslagerlardan birining chizmasida topilgan Lübkening imzolari haqiqiyligi bahsli boʻlib kelmoqda. Noy-Strassfurtdagi samolyot zavodida qurilgan kazarmalarda keyinchalik kontslager mahbuslari saqlangan.

U Penemyunde poligonida „Schlempp guruhi“ da qurilish uchastkasining boshligʻi sifatida ishlagan. 1943-yildan 1945-yilgacha u kontslager mahbuslarini ishlatish uchun javobgar edi. Uning rahbarligi ostida mahbuslar majburiy mehnatga jalb qilingan. 1944-yil may oyidan boshlab u samolyot zavodlarini markazsizlashtirish va koʻchirish uchun Buxenvald kontslagerining 2000 ga yaqin mahbuslarning mehnatidan foydalanish uchun javobgar edi. 1945-yil fevralda Arxitektor Rudolf Wolters bilan birgalikda Albert Speer koʻrsatmasiga binoan u „urushdan keyingi davrda yigʻiluvchi uylar qurishni rejalashtirish idorasi“ qurilishini loyihalashni boshladi.

Urushdan keyingi davr

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lübkening tugʻilgan joyi, Sandern (Enkxauzen)da yodgorlik lavhasi bilan, 2008-yil

1945-yildan XDS aʼzosi. 1945-yildan 1946-yilgacha Xeksterda oʻzining qurilish idorasini boshqargan. 1946-yilda u Buyuk Britaniya harbiy maʼmuriyati tomonidan tayinlangan Vestfaliya provintsiyasi Landtagi aʼzosi boʻldi, 1946-yil oktyabrdan Shimoliy Reyn-Vestfaliyaning Landtagi aʼzosi boʻlgan. 1953-yil yanvardan oktyabrgacha Bonn shahridagi Germaniya qishloq xoʻjaligi kredit kooperativlari uyushmasi (Raiffeisenverband) bosh advokati boʻlib ishlagan.

1947-1954-yillarda Shimoliy Reyn-Vestfaliya Landtagiga saylangan.1947-yildan 1953-yilgacha — Shimoliy Reyn-Vestfaliya oziq-ovqat, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi vaziri.

1949-1950 va 1953-1959-yillarda Bundestag deputati, 1949-1950-yillarda parlamentning oziq-ovqat, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi raisi boʻlgan.

1953-1959-yillarda — Germaniya Federativ Respublikasi oziq-ovqat, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vaziri.

GFR prezidenti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1959-1969-yillarda — Germaniya Federal Prezidenti boʻlgan. U boshidanoq rivojlanishga yordam berishni oʻz prezidentligining asosiy vazifasi sifatida belgilab oldi. 1962-yil kuzida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining „Ochlikdan xolos boʻlish kampaniya“sining bir qismi sifatida u „Welthungerhilfe“ni rivojlanishga koʻmaklashuvchi birinchi nemis nokonfessial tashkiloti sifatida yaratish tashabbusi bilan chiqdi.

U oʻz vakolatlari davrida Bundestag tomonidan qabul qilingan barcha qonunlarni imzolamagan federal prezidentlardan biri boʻlgan. Ilmiy xulosalarni olgach, u Bundestag prezidentiga „Tadbirkorlik va kadrlar to‘g‘risida“gi qonunni imzolamasligini maʼlum qildi, chunki uning fikricha, bu Asosiy qonun bilan kafolatlangan tanlash erkinligi va kasbiy tayyorgarlik toʻgʻrisidagi qonunga zid xisoblanadi.

Prezident sifatidagi ikkinchi muddati davomida u oʻylamay gapirib qoʻyishi tufayli bir necha bor kulgili holatga tushib qolardi. Baʼzi tadqiqotchilar buni tez rivojlanayotgan miya sklerozining natijasi deb hisoblashadi, boshqalari esa soʻlmarkazchilar matbuotining zararli fitnalarini (birinchi navbatda „Der Spiegel“ nashri) sabab qilib koʻrsatishadi.

1966-yilda GDR ommaviy axborot vositalarida u haqida „kontsentratsion lagerlar qurish ustasi“ sifatida maʼlumotlar kampaniyasi boshlandi. Natsistlar tuzumi davrida yashirin harbiy inshootlar qurishda ayblanib, salomatligi yomonlashgani sababli u ikkinchi muddati tugamasdan isteʼfoga chiqdi.

Nafaqaga chiqqach

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlat rahbari lavozimini tark etgach, u ijtimoiy boʻshliq xolatiga tushib qoldi, partiyadoshlari undan qochishga harakat qilishdi. Kasallik tufayli u oʻzining sevimli ilmiy mashgʻulotlari boʻlgan: qiyosiy tilshunoslik va mikrobiologiya bilan shugʻullana olmadi.

Kyoln soboridagi janoza marosimidan soʻng u Sandern-Enxauzenda dafn qilindi.

Lübke (markazda, orqada) 1941-yilda Peenemyundeda Myunxendagi Vazir prezidenti yigʻilishida Lübke (stolda oʻtirganlarning chapdan ikkinchisi), 1947-yil Heinrich va Vilgelmina Lübke Tailand qirolichasi Sirikit bilan 1960-yil
Lübke Bonndagi diplomatik qabulda, 1961-yil Lübke Adenauerning bilan 1961-yilda]] Pochta markasi (1964-yil)
Lübke Keniya Prezidenti Jomo Kenyatta va uning oʻgʻli Uxuru Kenyatta bilan


Mukofotlar va unvonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Germaniya mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mamlakat Rasm Sana Mukofat
Germaniya imperiyasi Germaniya [1][2][3] ~1917-yil Kavaler 1-sinf Temir xoch
~1915-1917-yillar Kavaler 2-sinf
 Germaniya 1959-yil Knight Grand Cross maxsus klassi Germaniya Federativ Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun ordeni
1957-1959-yillar Ritsar Grand Xoch

Xorijiy davlatlarning mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mamlakat rasm Sana Mukofot
 Buyuk Britaniya [3][4] Hammom ordeni
 Eron [5][6] Pahlaviy ordeni kavaleri
 Kamerun [7] Buyuk xoch Jasorat ordeni ritsari
 Tailand Chula Chom Klao ordeni katta ritsar lentasi
 Filippin [8][9] Sikatuna ordeni ritsari
 Fransiya [10] Faxriy Legionning Buyuk Xoch ritsari
Efiopiya bayrogʻi Efiopiya [11][12] Sulaymon muhri ordeni ritsari
 Tailand [13] 1962-yil Rajamitrabhorn ordeni ritsari
   Nepal 1964-yil Oyaswi Rayanya ordeni ritsari
 Italiya 1965-yil 8-avgust Buyuk Xoch Ritsari Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun ordeni
1956-yil 27-iyun — 1965-yil 8-avgust Buyuk Xoch Ritsari
 Malayziya 1967-yil Qirollik toji ordeni ritsari

Faxriy doktor

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1953-yilda Bonn universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetining faxriy doktori unvoni berilgan. 1964-yilda Maks Plank jamiyatining Garnak medali bilan taqdirlangan.

Faxriy fuqaro

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Berlin (1962), Karlsrue (1965) va Bonn (1966) shaharlari hamda Bestvig, Frid Sandern va Nexaym-Xyusten (1968) munitsipalitetlarining faxriy fuqarosi bo‘lgan.

Niger poytaxti Niameyda asosiy ko‘cha uning nomi bilan atalgan.

  1. „Photographic image : Lübke wearing Order of Merit of the Federal Republic of West Germany, Special Class insignia“ (JPG). 1.bp.blogspot.com. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
  2. „Photographic image : Wearing German and Thai orders“ (JPG). Commons.wikimedia.org. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
  3. 3,0 3,1 „Wearing German and British orders“ (JPG). Cache4.asset-cache.net. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.[sayt ishlamaydi]
  4. „Photographic image : Honorary Knight Grand Cross of the Order of the Bath“ (JPG). C7.alamy.com. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
  5. „Photographic image : Knight Grand Cordon with Collar of the Order of Pahlavi“ (JPG). Upload.wikimedia.org. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
  6. „Photographic image : Knight Grand Cordon with Collar of the Order of Pahlavi“ (JPG). Cache3.asset.cache.net. 2015-yil 23-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
  7. „Photographic image : Grand cross of the Order of valour“ (JPG). C7.alamy.com. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
  8. „Philippine Diplomatic Visits: Philippines ~ West Germany 1963“. Philippinediplomaticvisits.blogspot.co.uk (2011-yil 26-aprel). Qaraldi: 2017-yil 27-avgust.
  9. „Photographic image : Lübke wearing Rajah Grand Cross with Collar of the Order of Sikatuna“ (JPG). 1.bp.blogspot.com. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
  10. „Photographic image : Grand Cross of the Order of the Legion of Honour presentation“ (JPG). Upload.wikimedia.org. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
  11. „Photographic image : receiving Knight Grand Collar of the Order of Solomon“ (JPG). 4.bp.blogspot.com. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
  12. „Photographic image : Lübke wearing Knight Grand Collar of the Order of Solomon“ (JPG). 1.bp.blogspot.com. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.
  13. „Photographic image : Honorary Knight Grand Cordon with Collar of the Order of the Rajamitrabhorn“ (JPG). S-media-cache-ak0.pinimg.com. Qaraldi: 2019-yil 17-yanvar.